Markaziy Osiyo energiya xavfsizligining asosiy muammolari — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ta’kidlanishicha, demografik o‘sish, ayniqsa, aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan talabning oshishiga olib keladi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekistonda demografik o‘sish elektr energiyasi iste’molining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan Toshkent-Ostona videoko‘prigida Rossiya FA Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti Markaziy Osiyo sektori rahbari Stanislav Pritchin ma’lum qildi.
“Markaziy Osiyo mintaqasi uchun, ayniqsa, hozirgi sharoitda obyektiv va subyektiv bir qancha asosiy omillarning birlashuvi mavjud. Eng muhim obyektiv omillardan biri bu aholining o‘sishi bo‘lib, u elektr energiyasini iste’mol qilish darajasiga bevosita ta’sir qiladi. 1991-yildan 2025-yilgacha Markaziy Osiyo aholisi 51 milliondan 81 million kishigacha ko‘paydi. Bu esa 2030-yilga rejalashtirilgan prognozlardan ancha ilgarilab ketdi. Prognozlarga ko‘ra, hatto pessimistik ssenariyda ham, hozirgi dinamikani hisobga olganda, 2050-yilga kelib, mintaqa aholisi 100 million kishiga yetishi mumkin”, - dedi Pritchin.
Ta’kidlanishicha, ushbu demografik o‘sish, ayniqsa, aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan talabning oshishiga olib keladi.
“Buni O‘zbekiston misolida ham ko‘rish mumkin. Oxirgi 10-yilda aholi tomonidan elektr energiyasi iste’moli ulushi sanoatdan ko‘ra 25% dan 29% ga oshdi. Bu ko‘rsatkich esa o‘sishda davom etmoqda. Shunday qilib, Markaziy Osiyo mamlakatlarida, xususan, demografik o‘sish eng sezilarli bo‘lgan O‘zbekistonda aholi tomonidan elektr energiyasi iste’moli muhim ahamiyat kasb etmoqda va tez sur’atlarda ortib bormoqda”, - dedi ekspert.
Batafsil videoda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0