https://oz.sputniknews.uz/20250326/vabo-olim-korsatkichi-jsst-48586697.html
O‘tgan oyda dunyo bo‘yicha vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 32 foizga oshdi — JSST
O‘tgan oyda dunyo bo‘yicha vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 32 foizga oshdi — JSST
Sputnik O‘zbekiston
JSST bayonotiga ko‘ra, shu yilning 1-yanvaridan 23-fevraliga qadar 23 davlatda qariyb 70,5 mingta vaboga chalinish holati qayd etilgan. Bemorlardan 808 nafari hayotdan ko‘z yumgan.
2025-03-26T18:10+0500
2025-03-26T18:10+0500
2025-03-26T18:10+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
jsst
vabo
kasallik
o‘lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1f/18054723_0:0:3067:1725_1920x0_80_0_0_73dce2a6ae9ed8bf9d0805ae7be921db.jpg.webp
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘tgan oyda dunyo bo‘yicha vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 32 foizga oshdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qildi.JSST bayonotiga ko‘ra, shu yilning 1-yanvaridan 23-fevraliga qadar 23 davlatda qariyb 70,5 mingta vaboga chalinish holati qayd etilgan. Bemorlardan 808 nafari hayotdan ko‘z yumgan.Fevral oyiga kelib kasallanish ko‘rsatkichlari avvalgi oyga nisbatan 14 foizga kamaygan, o‘lim darajasi bu davrda 32 foizga oshgan.JSST hisobotida fevral oyida vaboga qarshi vaksinalar ishlab chiqarish sur’ati oshgani qayd etiladi. Biroq bu hozircha global ehtiyojlarni to‘liq ta’minlash uchun yetarli emas.Shuningdek, toza ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish vabo epidemiyasini to‘xtatishning uzoq muddatga mo‘ljallangan yagona barqaror yechimi bo‘lib qolmoqda.Ma’lumot uchun, vabo ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvol og‘irlashuvi va organizm suvsizlanishi bilan kechadigan o‘ta xavfli o‘tkir infeksion kasallik hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250201/vabo-epidemiyasi-jsst-47787878.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1f/18054723_186:0:2915:2047_1920x0_80_0_0_1c62109d009fcedeaccc03385440c40b.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vabo o‘lim ko‘rsatkichi jsst
vabo o‘lim ko‘rsatkichi jsst
O‘tgan oyda dunyo bo‘yicha vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 32 foizga oshdi — JSST
JSST bayonotiga ko‘ra, shu yilning 1-yanvaridan 23-fevraliga qadar 23 davlatda qariyb 70,5 mingta vaboga chalinish holati qayd etilgan.
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘tgan oyda dunyo bo‘yicha vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 32 foizga oshdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)
ma’lum qildi. JSST bayonotiga ko‘ra, shu yilning 1-yanvaridan 23-fevraliga qadar 23 davlatda qariyb 70,5 mingta vaboga chalinish holati qayd etilgan. Bemorlardan 808 nafari hayotdan ko‘z yumgan.
Fevral oyiga kelib kasallanish ko‘rsatkichlari avvalgi oyga nisbatan 14 foizga kamaygan, o‘lim darajasi bu davrda 32 foizga oshgan.
Mutaxassislar fikricha, mazkur epidemiya avj olishiga tabiiy ofatlar, iqlim o‘zgarishi, ayniqsa, suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarda infratuzilma yomonligi hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish cheklangani kabi transchegaraviy omillar sabab bo‘lmoqda.
JSST hisobotida fevral oyida vaboga qarshi vaksinalar ishlab chiqarish sur’ati oshgani qayd etiladi. Biroq bu hozircha global ehtiyojlarni to‘liq ta’minlash uchun yetarli emas.
Shuningdek, toza ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish vabo epidemiyasini to‘xtatishning uzoq muddatga mo‘ljallangan yagona barqaror yechimi bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumot uchun, vabo ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvol og‘irlashuvi va organizm suvsizlanishi bilan kechadigan o‘ta xavfli o‘tkir infeksion kasallik hisoblanadi.