https://oz.sputniknews.uz/20250201/vabo-epidemiyasi-jsst-47787878.html
Dunyoda vabo epidemiyasi avj olmoqda — JSST
Dunyoda vabo epidemiyasi avj olmoqda — JSST
Sputnik O‘zbekiston
33 mamlakatda yashovchi 805 mingga yaqin kishiga ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgan. Bemorlardan 5 ming 800 nafardan ziyodi epidemiya tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Bu 2023-yildagiga nisbatan qariyb 100 mingtaga, 2022-yilga qiyoslaganda esa 340 mingtaga ko‘p.
2025-02-01T16:50+0500
2025-02-01T16:50+0500
2025-02-01T16:58+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
jsst
vabo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/19/17960419_0:0:3125:1757_1920x0_80_0_0_3e5edd9409a6678d31dfcd45b9493890.jpg
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili dunyoda vaboga chalinish holatlari sezilarli darajada oshdi.Xususan, 33 mamlakatda yashovchi 805 mingga yaqin kishiga ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgan. Bemorlardan 5 ming 800 nafardan ziyodi epidemiya tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Bu 2023-yildagiga nisbatan qariyb 100 mingtaga, 2022-yilga qiyoslaganda esa 340 mingtaga ko‘p.Yuqori o‘sish dinamikasi asosan Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasida qayd etilgan. Jumladan, Yaman bu borada yetakchilik qildi: mamlakatda o‘tgan yili 260 mingdan ortiq yangi kasallanish holatlari ro‘yxatga olingan.Shuningdek, Afrika davlatlarida ham epidemiya tarqalishi avj olgan: Sudanda 51 ming, Kongo Demokratik respublikasida 31 ming, Efiopiyada 27 ming va Nigeriyada 24 ming nafardan ortiq kishida vabo aniqlangan.Qolaversa, toza ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish vabo epidemiyasini to‘xtatishning yagona yechimi bo‘lib qolmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20231004/vabo-ozbekiston-39593133.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/19/17960419_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_2d499589486a3e7101015c48c7ab88a6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vabo jsst
Dunyoda vabo epidemiyasi avj olmoqda — JSST
16:50 01.02.2025 (yangilandi: 16:58 01.02.2025) Yuqori o‘sish dinamikasi asosan Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasida qayd etilgan.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili dunyoda vaboga chalinish holatlari sezilarli darajada
oshdi.
Xususan, 33 mamlakatda yashovchi 805 mingga yaqin kishiga ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgan. Bemorlardan 5 ming 800 nafardan ziyodi epidemiya tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Bu 2023-yildagiga nisbatan qariyb 100 mingtaga, 2022-yilga qiyoslaganda esa 340 mingtaga ko‘p.
Yuqori o‘sish dinamikasi asosan Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasida qayd etilgan. Jumladan, Yaman bu borada yetakchilik qildi: mamlakatda o‘tgan yili 260 mingdan ortiq yangi kasallanish holatlari ro‘yxatga olingan.
Shuningdek, Afrika davlatlarida ham epidemiya tarqalishi avj olgan: Sudanda 51 ming, Kongo Demokratik respublikasida 31 ming, Efiopiyada 27 ming va Nigeriyada 24 ming nafardan ortiq kishida vabo aniqlangan.
Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, bu kasallikni jilovlash mumkin. Biroq farmatsevtika kompaniyalari past rentabellik tufayli vaboga qarshi vaksinalar ishlab chiqarishni deyarli to‘xtatib qo‘ygan. Chunki aksariyat vabo o‘choqlari eng qashshoq mamlakatlarda aniqlanyapti. Tabiiyki, ular bunday himoya vositalarini katta miqdorda xarid qilishga qodir emas.
Qolaversa, toza ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish vabo epidemiyasini to‘xtatishning yagona yechimi bo‘lib qolmoqda.