Mirziyoyev jamoatchilik bilan birgalikda iftorlik marosimida ishtirok etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev vmeste s shirokoy obshestvennostyu prinyal uchastie v seremonii iftara v gorode Tashkente.
Prezident Shavkat Mirziyoyev vmeste s shirokoy obshestvennostyu prinyal uchastie v seremonii iftara v gorode Tashkente.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2025
Obuna bo‘lish
Iftorlik marosimida xorijiy davlatlar elchilari, xalqaro tashkilotlar hamda diniy konfessiyalar vakillari jamlandi.
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Kecha, 25-mart kuni, barcha hududlarda ehson dasturxonlari yozilib, iftorlik marosimi o‘tkazildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tgan iftorlikda ishtirok etdi, deb xabar berdi O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati.
Tadbir avvalida davlat rahbari muborak Ramazon oyi bilan yana bir bor tabrikladi.
“Ushbu sharofatli oyda go‘zal diyorimizda mana shunday fayzli iftorlik marosimini el-yurtimiz bilan birgalikda o‘tkazish nasib etgani uchun mehribon va qudratli Alloh taologa behisob shukronalar aytamiz”, – dedi prezident.
Iftorlik marosimida xorijiy davlatlar elchilari, xalqaro tashkilotlar hamda diniy konfessiyalar vakillari jamlandi.
1/9
Davlat rahbari o‘z nutqida dunyodagi vaziyatga ham to‘xtalib o‘tdi. Aksariyat ziddiyat va mojarolar aynan islom dunyosida sodir bo‘layotgani afsus bilan qayd etildi.
Notinchlik o‘choqlari istalgan paytda kengayib ketishi mumkinligi, musulmon mamlakatlarida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun birdamlik va islom ummati hamjihatligini yanada mustahkamlash har qachongidan ham dolzarb ekani ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshbandning “Qo‘ling mehnatda, diling Allohda bo‘lsin”, degan o‘gitini yodga oldi. Yoshlarni mana shunday ruhda tarbiyalash, ularni mehnat va kasbga o‘rgatish juda muhim ekanini ta’kidladi.
“Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, “Yaxshilarning ishi – yaxshilik qilishdir”. Chindan ham, bu hayot aynan ezgulik va yaxshilik tufayli doimo yorug‘ va bardavomdir”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘tgan iftorlik tadbirlarida nuroniylar, ziyolilar, turli din va konfessiyalar vakillari, nogironligi bor va ehtiyojmand kishilar, jami 60 mingga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Na allee Shaxidlar xotirasi sostoyalas seremoniya pominoveniya jertv repressiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2025
Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi boshlanishi bilan tabrikladi
Yangiliklar lentasi
0