O‘zbekiston va Belarus TIV o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi
13:05 26.03.2025 (yangilandi: 13:12 26.03.2025)
© Press-slujba MID Uzbekistana25 marta proshel ocherednoy raund politicheskix konsultatsiy mejdu Ministerstvami inostrannix del Uzbekistana i Belarusi

© Press-slujba MID Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Delegatsiyalarga ikki davlat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari Bobur Usmonov va Pavel Utupin boshchilik qildi.
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Toshkent shahrida O‘zbekiston va Belarus Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiyalarga ikki davlat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari Bobur Usmonov va Pavel Utupin boshchilik qildi.
© Press-slujba MID Uzbekistana25 marta proshel ocherednoy raund politicheskix konsultatsiy mejdu Ministerstvami inostrannix del Uzbekistana i Belarusi

25 marta proshel ocherednoy raund politicheskix konsultatsiy mejdu Ministerstvami inostrannix del Uzbekistana i Belarusi
© Press-slujba MID Uzbekistana
Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi har tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Oliy va yuqori darajadagi tashriflar chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi.
Tomonlar turli darajadagi faol aloqalar, o‘zaro savdo hajmi izchil o‘sib borayotgani, sanoatning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish va ko‘p tomonlama platformalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni oshirish bo‘yicha umumiy majburiyat tasdiqlandi.
© Press-slujba MID Uzbekistana25 marta proshel ocherednoy raund politicheskix konsultatsiy mejdu Ministerstvami inostrannix del Uzbekistana i Belarusi

25 marta proshel ocherednoy raund politicheskix konsultatsiy mejdu Ministerstvami inostrannix del Uzbekistana i Belarusi
© Press-slujba MID Uzbekistana
Maslahatlashuvlar davomida joriy yilda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar, jumladan, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, hududlararo, biznes, ta’lim va tibbiyot forumlari, shuningdek, bir qator madaniy dasturlarni o‘tkazish rejalari kelishib olindi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha amaliy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida yaqin hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.