O‘zbekiston va Belarus agrar sohada qo‘shma loyihalar to‘plamini ishlab chiqadi

© Ministerstvo selskogo xozaystva Respubliki UzbekistanMinistr selskogo xozaystva Uzbekistana Ibroxim Abduraxmonov vstretilsya s chrezvichaynim i polnomochnim poslom Respubliki Belarus v Uzbekistane Aleksandrom Ogorodnikovim
Ministr selskogo xozaystva Uzbekistana Ibroxim Abduraxmonov vstretilsya s chrezvichaynim i polnomochnim poslom Respubliki Belarus v Uzbekistane Aleksandrom Ogorodnikovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2025
Obuna bo‘lish
Qishloq xo‘jaligi vaziri Belarusning mamlakatdagi elchisi bilan uchrashdi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalar to‘plamini ishlab chiqadi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Belarusning mamlakatdagi elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashdi. Tomonlar agrar sohada ikki davlat hamkorligining joriy holati va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.
Aytilishicha, elchi Aleksandr Ogorodnikov O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarning sifati va o‘ziga xos ta’mi Belarus kompaniyalari orasida katta qiziqish uyg‘otayotganini qayd etdi.
Ibrohim Abdurahmonov o‘z so‘zida Belarusning “Servolux Group” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan parranda go‘shti ishlab chiqarish va qayta ishlash loyihasini shaxsan ko‘zdan kechirganini, bunday tashabbuslar har ikki davlat uchun manfaatli ekanini ta’kidladi.
“Muzokaralarda istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma loyihalar paketini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, tomonlar bolalar ozuqasi va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, golubika yetishtirish, kartoshkachilikni rivojlantirish hamda agrar sohani mexanizatsiyalashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.
Denis Manturov vstretilsya s zamestitelem premyer-ministra Respubliki Uzbekistan Jamshidom Xodjayevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2025
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 11,7 mlrd dollarga yetkaziladi
Yangiliklar lentasi
0