Endi ayrim hududlar chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlaydi — yangi qaror

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishZavod po pererabotke otxodov v Podmoskovye
Zavod po pererabotke otxodov v Podmoskovye  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2025
Obuna bo‘lish
Loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “O‘zenergosotish” AJga sotadi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekistonning ayrim hududlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahri, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etiladi.
“Elektr energiyasini sotib olish va qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimlarga muvofiq loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 30-yil davomida “O‘zenergosotish” AJga kafolatlangan tarzda sotadi”, — deyiladi hujjat matnida.
Investor va Loyiha kompaniyalari 2025–2027 yillarda quyidagi miqdordagi ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalarni ishga tushirishni ta’minlaydi, jumladan:
1.
Toshkent viloyatida kuniga 2,5 ming tonna chiqindilarni termik usulda qayta ishlash orqali 390 million kVt elektr energiyasi;
2.
Andijon viloyatida kuniga 1,5 ming tonna chiqindilarni termik qayta ishlab, 240 million kVt elektr energiyasi;
3.
Qashqadaryo viloyatida kuniga 1,5 ming tonna chiqindilarni termik qayta ishlab, 240 million kVt elektr energiyasi;
4.
Samarqand viloyatida 1,5 ming tonna chiqindilarni termik qayta ishlab, 240 million kVt elektr energiyasi;
5.
Namangan viloyatida 1,5 ming tonna chiqindilarni termik usulda qayta ishlash orqali 227,5 million kVt elektr energiyasi;
6.
Farg‘ona viloyatida kuniga 1,5 ming tonna chiqindilarni termik usulda qayta ishlash orqali 227,5 million kVt elektr energiyasi.
“Uzbekkosmos” obnarujil okolo 2 tisach nezakonnix svalok! - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2024
O‘zbekistonda 2 mingtaga yaqin noqonuniy chiqindixona aniqladi — O‘zbekkosmos
Yangiliklar lentasi
0