https://oz.sputniknews.uz/20250325/ozbekiston-malayziya-tog-kon-sanoat-loyiha-48561777.html
O‘zbekiston Malayziya kompaniyasiga tog‘-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirishni taklif etdi
O‘zbekiston Malayziya kompaniyasiga tog‘-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirishni taklif etdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchisi Malayziya komaniyasi bilan istiqbolli konlarni o‘zlashtirish va geologiya-qidiruv sohasida hamkorlik o‘rnatish masalasini muhokama qildi. 25.03.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-03-25T11:15+0500
2025-03-25T11:15+0500
2025-03-25T11:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
malayziya
qazilma boyliklari
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/19/48558377_0:169:3041:1880_1920x0_80_0_0_e459fc4e0e67c6b4beb311c84a322df8.jpg.webp
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekiston Malayziya kompaniyasiga tog‘-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirishni taklif etdi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Fortress Minerals" kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Ng Mun Fey bilan uchrashdi. Suhbat davomida O‘zbekistonda istiqbolli konlarni o‘zlashtirish va geologiya-qidiruv sohasida hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.Qayd etilishicha, O‘zbekiston ma’danli qazilmalar zahiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi.Malayziya tomoniga mamlakatdagi xrom, nikel, magniy va kobalt, titan va dolomit konlari to‘g‘risida ma’lumot berildi va ushbu loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklif etildi.Ma’lumot uchun, "Fortress Minerals" kompaniyasi 2017-yilda Singarpurda tashkil etilgan. Kompaniya Malayziyaning Terengganu, Paxang va Sabax shtatlarida temir, mis, oltin va nikel rudalari konsentratlarini qidirish, qazib olish, ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadi. Xorijda Filippin orollari va Papua-Yangi Gvineya davlatlarida ruda konlariga ham egalik qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250324/malayziya-ozbekiston-tadbirkor-loyiha-48541109.html
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/19/48558377_156:0:2887:2048_1920x0_80_0_0_efe1285081eae15e094ad36a06fc8876.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, malayziya, qazilma boyliklari, loyiha
jamiyat, o‘zbekiston, malayziya, qazilma boyliklari, loyiha
O‘zbekiston Malayziya kompaniyasiga tog‘-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirishni taklif etdi
O‘zbekiston elchisi Malayziya komaniyasi bilan istiqbolli konlarni o‘zlashtirish va geologiya-qidiruv sohasida hamkorlik o‘rnatish masalasini muhokama qildi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekiston Malayziya kompaniyasiga tog‘-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirishni taklif etdi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Fortress Minerals" kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Ng Mun Fey bilan uchrashdi. Suhbat davomida O‘zbekistonda istiqbolli konlarni o‘zlashtirish va geologiya-qidiruv sohasida hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston ma’danli qazilmalar zahiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi.
Malayziya tomoniga mamlakatdagi xrom, nikel, magniy va kobalt, titan va dolomit konlari to‘g‘risida ma’lumot berildi va ushbu loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklif etildi.
"Mazkur takliflar kompaniyamiz rahbariyatiga qiziqish uyg‘otishi mumkin. Ularni yanada batafsilroq o‘rganish uchun yaqin oylarda O‘zbekistonga safar qilishimizni ma’lum qilaman", — dedi Mun Fey.
Ma’lumot uchun, "Fortress Minerals" kompaniyasi 2017-yilda Singarpurda tashkil etilgan. Kompaniya Malayziyaning Terengganu, Paxang va Sabax shtatlarida temir, mis, oltin va nikel rudalari konsentratlarini qidirish, qazib olish, ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadi. Xorijda Filippin orollari va Papua-Yangi Gvineya davlatlarida ruda konlariga ham egalik qiladi.