https://oz.sputniknews.uz/20250324/malayziya-ozbekiston-tadbirkor-loyiha-48541109.html
Malayziya o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan yangi loyihalar boshlamoqchi
Malayziya o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan yangi loyihalar boshlamoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Malayziya o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan yangi loyihalar boshlamoqchi. Bu haqda O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyevning Malayziya kichik va o‘rta biznes xalqaro savdo uyushmasi (SMITA) prezidenti Megan Su bilan uchrashuvida so‘z bordi.
2025-03-24T10:11+0500
2025-03-24T10:11+0500
2025-03-24T10:43+0500
o‘zbekiston
malayziya
tadbirkor
savdo
hamkorlik
eksport
sayyohlar
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0b/47038054_109:0:3750:2048_1920x0_80_0_0_8aecb2d07f251d47d13ffdcb986b0e13.jpg.webp
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Malayziya o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan yangi loyihalar boshlamoqchi. Bu haqda O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyevning Malayziya kichik va o‘rta biznes xalqaro savdo uyushmasi (SMITA) prezidenti Megan Su bilan uchrashuvida so‘z bordi, deb yozmoqda "Dunyo" AA.Qayd etilishicha, uyushma prezidenti mahalliy hamkorlar bilan bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga, jumladan, O‘zbekistonga malayziyalik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga tayyor. Shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan kelgan xorijiy sayyohlar uchun umumiy ovqatlanish tarmog‘ini yaratish, Malayziyaga meva-sabzavot mahsulotlari hamda O‘zbekistondan mineral o‘g‘itlar eksportini kengaytirish niyatida.Malayziya bilan hamkorlikda yangi “Umra plyus” yo‘nalishlari ishlab chiqiladiQuyidagi loyihalarni amalga oshirish muhokama etildi:Ma’lumot uchun, "SMITA" 2015-yilda tashkil etilgan. U kichik va o‘rta biznes korxonalari hamda startaplarni global bozorga kirishda ko‘mak ko‘rsatadi. Uyushma Malayziya bo‘ylab 100 tadan ortiq, boshqa davlatdan 300 tadan ziyod ishlab chiqarish, savdo va turizm kompaniyalari manfaatlarini himoya qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250205/toshkent-viloyat-malayziya-boshqaruv-maxsus-iqtisod-zona-47858994.html
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0b/47038054_564:0:3295:2048_1920x0_80_0_0_3831305f59d394639b787ca65d82cc6b.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston elchisi karomiddin gadoyevning malayziya kichik va o‘rta biznes xalqaro savdo uyushmasi (smita) prezidenti megan su
o‘zbekiston elchisi karomiddin gadoyevning malayziya kichik va o‘rta biznes xalqaro savdo uyushmasi (smita) prezidenti megan su
Malayziya o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan yangi loyihalar boshlamoqchi
10:11 24.03.2025 (yangilandi: 10:43 24.03.2025) O‘zbekiston mahsulotlarini Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ilgari surish bo‘yicha maxsus onlayn platforma yaratilishi mumkin.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Malayziya o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan yangi loyihalar boshlamoqchi. Bu haqda O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyevning Malayziya kichik va o‘rta biznes xalqaro savdo uyushmasi (SMITA) prezidenti Megan Su bilan uchrashuvida so‘z bordi, deb yozmoqda
"Dunyo" AA. Qayd etilishicha, uyushma prezidenti mahalliy hamkorlar bilan bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga, jumladan, O‘zbekistonga malayziyalik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga tayyor. Shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan kelgan xorijiy sayyohlar uchun umumiy ovqatlanish tarmog‘ini yaratish, Malayziyaga meva-sabzavot mahsulotlari hamda O‘zbekistondan mineral o‘g‘itlar eksportini kengaytirish niyatida.
Quyidagi loyihalarni amalga oshirish muhokama etildi:
O‘zbekistonning yirik savdo tarmoqlari bilan hamkorlik qilish;
o‘zaro tovar ayirboshlashni kengaytirish;
respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ilgari surish bo‘yicha maxsus onlayn platforma yaratish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish.
Ma’lumot uchun, "SMITA" 2015-yilda tashkil etilgan. U kichik va o‘rta biznes korxonalari hamda startaplarni global bozorga kirishda ko‘mak ko‘rsatadi. Uyushma Malayziya bo‘ylab 100 tadan ortiq, boshqa davlatdan 300 tadan ziyod ishlab chiqarish, savdo va turizm kompaniyalari manfaatlarini himoya qiladi.