O‘zbekistonda 2 mingtaga yaqin noqonuniy chiqindixona aniqladi — O‘zbekkosmos
12:03 19.12.2024 (yangilandi: 12:22 19.12.2024)
© Uzbekkosmos “Uzbekkosmos” obnarujil okolo 2 tisach nezakonnix svalok!
© Uzbekkosmos
Obuna bo‘lish
Agentlik: noqonuniy chiqindixonalar insonlarda o‘pka saratoni va nafas olish nuqsonlarining rivojlanishiga olib keladi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. “O‘zbekkosmos” agentligi 2 mingtaga yaqin noqonuniy chiqindixonani aniqladi, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati.
Agentlik ekologiya yo‘nalishida olib borilgan kosmik monitoring natijalarini e’lon qildi.
“Respublikaning qariyb 721 gektar maydonida 1 ming 928 ta noqonuniy chiqindixona mavjud ekanligi aniqlandi", — deyiladi xabarda.
Ulardan 123 tasi ya’ni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1 805 tasi 465,2 gektari esa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida qayd etilmoqda.
“Noqonuniy chiqindi poligonlarga nisbatan chora ko‘rish maqsadida kosmik monitoring natijalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga yuborilgan”, — deydi agentlik matbuot xizmati vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.
Noqonuniy chiqindixonalar quyidagi hududlarda aniqlangan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 243 ta (63,2 gektar);
Xorazm viloyatida 168 ta (22 gektar);
Buxoro viloyatida 92 ta (91b7 gektar);
Navoiy viloyatida 216 ta (112,4 gektar);
Samarqand viloyatida 147 ta (41,2 gektar);
Qashqadaryo viloyati 81 ta (79b3 gektar);
Andijon viloyati 180 ta (42 gektar);
Namangan viloyatida 195 ta (65,2 gektar);
Farg‘ona viloyatida 164 ta (51 gektar);
Toshkent viloyatida 363 ta (98,6 gektar);
Jizzax viloyatida 39 ta (30,44 gektar);
Surxondaryo viloyatida 40 ta (20,11 gektar).
Aytilishicha, bu kabi noqonuniy chiqindi poligonlarining tashkil etilishi atrof muhit va ekologiyaga katta salbiy ta’sir o‘tkazadi. Zararli hasharotlar ko‘payishi, infeksion kasalliklarning ortishi, insonlarda o‘pka saratoni va nafas olish nuqsonlarining rivojlanishiga olib keladi.