Belbog‘li kurash: o‘zbekistonlik sportchilar Hindistondagi turnirda 20 ta medalga ega chiqishdi

© TGEU Studentka TGEU zanyala pochotnoe pervoe mesto na mejdunarodnom turnire v Indii
 Studentka TGEU zanyala pochotnoe pervoe mesto na mejdunarodnom turnire v Indii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2025
Obuna bo‘lish
Navbatdagi musobaqa kelasi yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Hindistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda 20 ta medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Haryana shtatining Rotak shahrida tashkil etilgan Yoshlar festivali doirasida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston, Hindiston va Rossiya kurashchilari ishtirok etdi.
Polvonlar belbog‘li kurashning klassik va erkin yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdi.

“Mamlakatimiz vakillari turli vaznlarda 20 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Hanaboy O‘raimov, Abbos Ahmadjonov, Murodjon Hamidov, Dostonbek Obidjonov, Samandar Abdusalomov, Azimjon Yo‘ldoshev, Farangiz Abdunabiyeva va Shirinoy Yo‘ldosheva oltin medallarni qo‘lga kiritdi va ularning sharafiga davlatimiz madhiyasi sadolari ostida bayrog‘imiz ko‘tarildi”, — deyiladi xabarda.

Ayollar o‘rtasida 50 kg vazn toifasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Farangiz Abdunabiyevaning qayd etishicha, musobaqa O‘zbekiston, Hindiston va Rossiya o‘rtasida sport sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
O‘zbekiston Belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirovga ko‘ra, Hindiston va Rossiya vakillari bilan ushbu do‘stlik turnirini har yili o‘tkazishga kelishib olingan.
“2026 yil musobaqani O‘zbekistonda qabul qilamiz. Gilamda bo‘lib o‘tgan qizg‘in bellashuvlar milliy sport turimiz xalqaro maydonda yanada ommalashib borayotganini namoyish etganidan mamnun bo‘ldik”, — deya qayd etdi Ravshan Dastirov.
Aytilishicha, bu yil belbog‘li kurash bo‘yicha qator xalqaro musobaqalar o‘tkaziladi. Ulardan eng yirigi – jahon chempionatini may oyida Nukus shahri qabul qiladi.
O‘zbekistonlik erkin kurashchi Ulug‘bek Rashidov U17 yosh toifasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2024
Erkin kurash: Ulug‘bek Rashidov jahon chempionatida oltin medalga ega chiqdi
Yangiliklar lentasi
0