https://oz.sputniknews.uz/20250323/ozbekiston-evroosiyo-islom-qolyozma-elektron-katalog-48535791.html
O‘zbekiston Yevroosiyoda tarqalgan islom qo‘lozmalarini bir joyga jamlamoqchi
O‘zbekiston Yevroosiyoda tarqalgan islom qo‘lozmalarini bir joyga jamlamoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Yevroosiyo islom qo‘lozmalari” elektron katalogi tashkil etiladi, deya xabar berdi markaz axborot xizmati.
2025-03-23T11:14+0500
2025-03-23T11:14+0500
2025-03-23T11:14+0500
jamiyat
o‘zbekiston
islom sivilizatsiyasi markazi
axborot texnologiyalari (it)
qo‘lozma
tadqiqot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/11/20105036_0:156:3001:1844_1920x0_80_0_0_df149befc12ac3fe01538fe6c96fe48e.jpg.webp
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Yevroosiyo islom qo‘lozmalari” elektron katalogi tashkil etiladi, deya xabar berdi markaz axborot xizmati.Loyiha doirasida Yevroosiyo mintaqasida tarqalgan islom qo‘lozmalari jamlanadi va ular to‘liq raqamlashtiriladi.Aytilishicha, bu noyob ilmiy asarlarni saqlash, ularning har tomonlama tadqiq qilinishi hamda keyingi avlodlarga yetkazilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Elektron katalog orqali tadqiqotchilar islomiy qo‘lozmalar bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.Qayd etilishicha, “Yevroosiyo islom qo‘lozmalari” elektron katalogi O‘zbekistonning boy ilmiy merosini global miqyosda ommalashtirish, islom madaniyati va tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250320/ozbekiston-evroosiyo-iqtisod-forum-eik-48496001.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/11/20105036_166:0:2833:2000_1920x0_80_0_0_fc204258b26d4167df1f0d54465eecf3.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi “yevroosiyo islom qo‘lozmalari” elektron katalogi
o‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi “yevroosiyo islom qo‘lozmalari” elektron katalogi
O‘zbekiston Yevroosiyoda tarqalgan islom qo‘lozmalarini bir joyga jamlamoqchi
"Yevroosiyo islom qo‘lozmalari” elektron katalogi yaratiladi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Yevroosiyo islom qo‘lozmalari” elektron katalogi tashkil etiladi, deya xabar berdi markaz axborot xizmati.
“O‘zbekistonda islom ilm-fani va madaniyatiga oid qo‘lozmalarni ilmiy o‘rganish va ularni keng jamoatchilikka taqdim etish maqsadida “Yevroosiyo islom qo‘lozmalari” elektron katalogi yaratish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan amalga oshirilishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Loyiha doirasida Yevroosiyo mintaqasida tarqalgan islom qo‘lozmalari jamlanadi va ular to‘liq raqamlashtiriladi.
Aytilishicha, bu noyob ilmiy asarlarni saqlash, ularning har tomonlama tadqiq qilinishi hamda keyingi avlodlarga yetkazilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Elektron katalog orqali tadqiqotchilar islomiy qo‘lozmalar bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Qayd etilishicha, “Yevroosiyo islom qo‘lozmalari” elektron katalogi O‘zbekistonning boy ilmiy merosini global miqyosda ommalashtirish, islom madaniyati va tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.