https://oz.sputniknews.uz/20250320/ozbekiston-evroosiyo-iqtisod-forum-eik-48496001.html
O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etishga taklif etildi
O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etishga taklif etildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston shu yil iyun oyida Minskda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy ittiqoqi (YeOII)ning asosiy biznes tadbiri – Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etishga taklif etildi.
2025-03-20T16:19+0500
2025-03-20T16:19+0500
2025-03-20T16:19+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
iqtisod
hamkorlik
o‘zbekiston
elchi
botirjon asadov
forum
minsk
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/14/48494648_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_41dd3c054c6b0d69dba0f3e0fd33a88c.jpg.webp
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekiston shu yil iyun oyida Minskda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy ittiqoqi (YeOII)ning asosiy biznes tadbiri – Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etishga taklif etildi, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati. YeIK shtab-kvartirasida komissiya hay’ati raisi Baxitjan Sagintayev va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida YeOII davlatlari bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Jumladan, 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan YeIK va O‘zbekiston hukumatining qo‘shma tadbirlar rejasini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Baxitjan Sagintayev O‘zbekiston hozirda YeOIIning MDH davlatlaridan savdo hamkorlari orasida birinchi o‘rinda ekanini ta’kidladi. Tomonlar, shuningdek, YeIK va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida tuzilgan qo‘shma ishchi guruh faoliyatini ta’kidlab o‘tishdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Baxitjan Sagintayev O‘zbekiston delegatsiyasini 2025-yil iyun oyida Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan YeOIIning asosiy biznes tadbiri – Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etishga taklif qildi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov qayd etganidek, respublika va YeOII o‘rtasidagi kuzatuvchi maqomidagi so‘nggi uch yil davomida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, birinchi navbatda, sanoat mahsulotlari yetkazib berish hajmining oshishi hisobiga 60 foizga oshdi. Shu bilan birga, milliy valyutalarda hisob-kitoblar ulushi ortib bormoqda. O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasiO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil dekabr oyida Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etgan edi. Unda mamlakat yetakchisi O‘zbekiston so‘nggi yillarda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan 22 ta yo‘nalishda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini ta’kidlagan. 2024-yilda O‘zbekistonning ittifoq mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 11 foizga oshdi. Oktabr oyida YeIK bilan savdo, sanoat, moliya, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda 40 taga yaqin chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan yangi uch yillik hamkorlik rejasi qabul qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20240911/uzbekistan-eoii-loyiha-faol-ishtirok-manfaat-asadov-45594483.html
o‘zbekiston
minsk
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/14/48494648_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_cb7d36bc5da584b05dbcae20fbc52eb4.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston minskda yevroosiyo iqtisodiy ittiqoqi (yeoii)ning asosiy biznes tadbiri – yevroosiyo iqtisodiy forumi botirjon asadov baxitjan sagintayev
o‘zbekiston minskda yevroosiyo iqtisodiy ittiqoqi (yeoii)ning asosiy biznes tadbiri – yevroosiyo iqtisodiy forumi botirjon asadov baxitjan sagintayev
O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etishga taklif etildi
YeIK hay’ati raisi Baxitjan Sagintayev va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov uchrashdi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekiston shu yil iyun oyida Minskda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy ittiqoqi (YeOII)ning asosiy biznes tadbiri – Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etishga taklif etildi, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)
matbuot xizmati. YeIK shtab-kvartirasida komissiya hay’ati raisi Baxitjan Sagintayev va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida YeOII davlatlari bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Jumladan, 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan YeIK va O‘zbekiston hukumatining qo‘shma tadbirlar rejasini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Baxitjan Sagintayev O‘zbekiston hozirda YeOIIning MDH davlatlaridan savdo hamkorlari orasida birinchi o‘rinda ekanini ta’kidladi.
“O‘zbekistonning Yevroosiyo “beshligi” davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 7,3 foizga oshib, 17,5 milliard dollarni tashkil etdi. O‘zbekiston umumiy tashqi savdo aylanmasining chorak qismidan ko‘prog‘i YeOII mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keladi”, — dedi Baxitjan Sagintayev.
Tomonlar, shuningdek, YeIK va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida tuzilgan qo‘shma ishchi guruh faoliyatini ta’kidlab o‘tishdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Baxitjan Sagintayev O‘zbekiston delegatsiyasini 2025-yil iyun oyida Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan YeOIIning asosiy biznes tadbiri – Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etishga taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov
qayd etganidek, respublika va YeOII o‘rtasidagi kuzatuvchi maqomidagi so‘nggi uch yil davomida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, birinchi navbatda, sanoat mahsulotlari yetkazib berish hajmining oshishi hisobiga 60 foizga oshdi. Shu bilan birga, milliy valyutalarda hisob-kitoblar ulushi ortib bormoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil dekabr oyida Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etgan edi. Unda mamlakat yetakchisi O‘zbekiston so‘nggi yillarda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan 22 ta yo‘nalishda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini ta’kidlagan. 2024-yilda O‘zbekistonning ittifoq mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 11 foizga oshdi. Oktabr oyida YeIK bilan savdo, sanoat, moliya, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda 40 taga yaqin chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan yangi uch yillik hamkorlik rejasi
qabul qilindi.