Leonardo da Vinchining ayrim ixtirolari o‘zbek olimlarining asarlariga asoslangan — olim

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishKniga
Kniga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2025
Obuna bo‘lish
Islom sivilizatsiyasi markazida Beruniy, Xorazmiy va boshqa buyuk allomalarning asarlari Uyg‘onish davriga qanday ta’sir etganini namoyish etuvchi ekspozitsiya tashkil etiladi.
TOShKENT, 3-mart — Sputnik. Leonardo da Vinchining eng buyuk ixtirolaridan ba’zilari Beruniy, Xorazmiy, Farg‘oniy kabi buyuk o‘zbek olimlarining asarlariga asoslangan. Bu haqda Leonardo da Vinchi merosi bo‘yicha taniqli mutaxassis Mario Teddi ma’lum qildi, deya xabar berdi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati.
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurgan olimning qayd etishicha, Leonardo da Vinchi va Mikelanjelo kabi G‘arb Renessansi olimlari Markaziy Osiyo allomalarining ilmiy merosidan foydalangani, O‘zbekistonda yetuk o‘zbek olimlari kashfiyotlaridan ilhomlangan Leonardo da Vinchiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etish rejalashtirilgan.

"Bunga ishonmasligingiz mumkin, ammo Leonardoning eng buyuk ixtirolaridan ba’zilari Beruniy, Xorazmiy, Farg‘oniy kabi buyuk o‘zbek olimlarining asarlariga asoslangan. Misol uchun, Beruniyning kitoblarida keyinchalik Leonardo da Vinchi tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab g‘oyalarni topish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, da Vinchi qadimgi matematika va geometriyani o‘rgangan va bu bejiz emas! Zero zamonaviy matematika asoslari aynan sizlarning zaminingizda dunyoga kelgan. Bu xalqingizning tarixiy faxri va biz bu kashfiyotlarni zamonaviy texnologiyalar yordamida jonlantirish niyatidamiz", — deya ta’kidladi Teddi.

Aytilishicha, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Beruniy, Xorazmiy va boshqa buyuk allomalarning asarlari Uyg‘onish davriga qanday ta’sir ko‘rsatganini namoyish etish maqsadida "O‘zbekiston buyuk allomalari va Mikelanjelo" ekspozitsiyasi tashkil etiladi.
Naydena rukopis Abu Rayxana Beruni, otnosashayasya k XII veku
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2024
Malayziyada topilgan Beruniy va Firdavsiy asarlarining nusxalari O‘zbekistonga topshiriladi
Yangiliklar lentasi
0