Prezident Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2025
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi.
TOShKENT, 22 mar – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-mart kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Kuni kecha xalqimiz bilan Navro‘z ayyomini kutib oldik. Bugun, muqaddas Ramazon oyida mana shu tabarruk joyga kelib turibmiz. Bu ulug‘ kunlarga tinchlik-xotirjamlikda yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Ilohim, hamisha yurtimiz tinch, elimiz farovon bo‘lsin, hamma xayrli niyatlarimiz amalga oshsin. Bu majmuani Imom Buxoriy bobomizga munosib tarzda qurayapmiz. U ziyorat bilan birga ma’rifat, tarbiya, ibrat o‘chog‘i bo‘lsin”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari

Majmuaning umumiy maydoni 44 gektar. Bugungi kunda mahobatli maqbara, 10 ming kishiga mo‘ljallangan masjid qurib bitkazilgan. Balandligi 75 metrlik 4 ta minora majmuaga ulug‘vorlik bag‘ishlagan. Shuningdek, muzey, ayvonlar, ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish binolari barpo etilgan. Ayni paytda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Bunda milliy an’analar va issiq ranglardan foydalanilmoqda. Peshtoqlar va ayvon devorlariga “Sahihi Buxoriy”dan hadislar bitiladi. Bundan tashqari, hududda ikki ming o‘rinli yigirmadan ortiq mehmonxona, xiyobonlar, to‘rtta tahoratxona barpo etiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari
Bu yil O‘zbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi. Shu haqdagi prezident qarorida Imom Moturidiyning Samarqand shahridagi majmuasini qayta ta’mirlash va obodonlashtirish belgilangan. Tashrif chog‘ida prezidentga ushbu loyiha taqdimot qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari
Moturidiy majmuasida 1 ming 500 kishiga mo‘ljallangan jome masjid, ma’muriy bino qurilishi ko‘zda tutilgan. U yerda kutubxona, majlislar zali, innovatsion muzey hamda mutaxassislar uchun xonalar bo‘ladi. Majmua yaqinida ziyoratchilar uchun avtoturargoh, tahoratxona quriladi.
Davlat rahbari allomaning merosini yanada keng o‘rganish va jahonga targ‘ib etish, majmuaga keluvchilarga sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari
Yana bir loyiha – Oqdaryo tumanidagi Mahdumi A’zam qadamjosini obod qilishga qaratilgan. Asli hozirgi Kosonsoy tumanida tug‘ilgan so‘fiy olim naqshbandiya ta’limotining rahnamolaridani biri bo‘lgan. Ilm va din yo‘lidagi uzoq safardan so‘ng, Samarqand viloyatida abadiy qo‘nim topgan. Mahdumi A’zam maqbarasi yonida uch qavatli avtoturargoh, tahoratxona qurilishi rejalashtirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Samarqanddan yetishib chiqqan boshqa olim va mutafakkirlar, aziz avliyolarning qadamjolari ham bosqichma-bosqich ta’mirlanib, obod qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2025
Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
Yangiliklar lentasi
0