Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV parke "Yangi Uzbekiston" s uchastiyem prezidenta Shavkata Mirziyoyeva proxodat torjestva po sluchayu vsenarodnogo prazdnika Navruz.
V parke Yangi Uzbekiston s uchastiyem prezidenta Shavkata Mirziyoyeva proxodat torjestva po sluchayu vsenarodnogo prazdnika Navruz. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Obuna bo‘lish
"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Navro‘z umumxalq bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Navro‘z umumxalq bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat rahbari nutq so‘zlab, O‘zbekiston xalqini ayyom bilan tabrikladi.
1/5

Mirziyoyev ishtirokida "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Navro‘z umumxalq bayrami shodiyonasi

Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Navro‘z azaldan xalqning milliy va umumbashariy qadriyatlarga, dunyoviy davlat tamoyillariga, bag‘rikenglik, chin do‘stlik va hamkorlik g‘oyalariga sodiqligining yaqqol ramzidir.
Navro‘z Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram sifatida e’tirof etilgani alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Navro‘zi olam hozirgi kunda barcha elu elatlarni, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlarini yanada jipslashtirmoqda.
“Bugungi imkoniyatdan foydalanib, bepoyon mintaqamizda yashayotgan jamiki sof niyatli insonlarni el-yurtimiz nomidan qizg‘in tabriklayman.Tom ma’noda do‘stlik, qardoshlik va hamkorlik makoniga aylanayotgan mintaqamiz hamisha tinch bo‘lsin, hamisha gullab-yashnasin!”, - dedi O‘zbekiston rahbari.
Mirziyoyev shu oy oxirida Xo‘jand shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvi yoshlar va xalqlarni jipslashtirishda yana bir amaliy qadam bo‘lishiga ishonch bildirdi..
Davlat rahbari har bir xonadonga, butun yurtga tinchlik, baxtu saodat va fayzu baraka tiladi.
Prezident tabrigining to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon vmeste posmotreli konsert - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2025
Mirziyoyev mart oxirida Tojikistonga boradi
Yangiliklar lentasi
0