https://oz.sputniknews.uz/20250318/mirziyoev-mart-tojikiston-48474283.html
Mirziyoyev mart oxirida Tojikistonga boradi
Mirziyoyev mart oxirida Tojikistonga boradi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yetakchisi mart oyi oxirida Tojikistonda bo‘lajak uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasidagi telefon orqali muloqotda so‘z bordi.
2025-03-18T18:18+0500
2025-03-18T18:18+0500
2025-03-18T18:18+0500
siyosat
o‘zbekiston
tojikiston
shavkat mirziyoyev
emomali rahmon
telefon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/13/43500452_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_100b755ac76f248086dae4f23cb34c09.jpg.webp
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekiston yetakchisi mart oyi oxirida Tojikistonda bo‘lajak uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasidagi telefon orqali muloqotda so‘z bordi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladi.Oliy darajada qabul qilingan bitim va kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Faol siyosiy muloqotni davom ettirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini, jadal madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuv dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish muhimligi qayd etildi.Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov bilan ham telefon orqali muloqot qildi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston birgalikda Navro‘z bayramini nishonlashi, tadbirda prezidentlar ishtirok etishi ma’lum qilingan edi.
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/13/43500452_77:0:1214:853_1920x0_80_0_0_b97c9be6a17ebb32d1182dda704a8cfb.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston yetakchisi tojikiston shavkat mirziyoyev emomali rahmon
o‘zbekiston yetakchisi tojikiston shavkat mirziyoyev emomali rahmon
Mirziyoyev mart oxirida Tojikistonga boradi
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon telefon orqali suhbatlashdi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekiston yetakchisi mart oyi oxirida Tojikistonda bo‘lajak uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasidagi telefon orqali muloqotda
so‘z bordi. Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladi.
Oliy darajada qabul qilingan bitim va kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Faol siyosiy muloqotni davom ettirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini, jadal madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuv dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish muhimligi qayd etildi.
“Mart oyi oxirida Tojikistonda bo‘lajak uch tomonlama uchrashuvga hamda joriy yil aprel-may oylarida mamlakatimizda o‘tadigan "Markaziy Osiyo plyus" formatidagi sammitlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov bilan ham telefon orqali
muloqot qildi."O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari bo‘lajak oliy darajadagi uch tomonlama uchrashuvga, shuningdek, Samarqand shahrida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo - YeI" sammiti va Iqlim forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida to‘xtaldilar", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston birgalikda Navro‘z bayramini nishonlashi, tadbirda prezidentlar ishtirok etishi ma’lum qilingan edi.