https://oz.sputniknews.uz/20250318/ozbekiston-suv-magistral-quvur-hisoblagich-48463877.html
O‘zbekistondagi suv inshooti va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatiladi
O‘zbekistondagi suv inshooti va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatiladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti, mahallalar obodligi va qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
2025-03-18T10:05+0500
2025-03-18T10:05+0500
2025-03-18T10:20+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
suv
qishloq xo‘jaligi
fermerlar
uy-joy kommunal xizmati
mahalla
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40112166_0:180:2213:1425_1920x0_80_0_0_cd49199d3a0efb66125919612df44a46.jpg.webp
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti, mahallalar obodligi va qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.Qayd etilishicha, bu yil 1 ming 619 kilometr ichimlik suvi, 521 kilometr oqova suv tarmoqlarini tortish, tizimdagi 162 ta inshootni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.O‘zbekiston suvdan foydalanish siyosatini o‘zgartirmoqda — tafsilotlarAytilishicha, mahalliy tadbirkor Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Olmaliq, Bekobod, Angren va Chirchiq shahrida oqova suv tozalash inshootlarini qurmoqda. Yana bir tadbirkor Andijondagi ikkita tumanda suv va oqova xizmatlarini xususiy boshqaruvga olish tashabbusi bilan chiqqan. Shu kabi xususiy sheriklik loyihalarini ko‘paytirish, yirik korxonalarning xalqaro tenderlarda qatnashish imkonini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.Ta’kidlanishicha, sohani raqamlashtirishga Osiyo taraqqiyot bankidan 125 million dollar jalb qilinadi. Besh yilda yirik suv inshooti va magistral quvurlarga 4 ming 800 ta “aqlli” hisoblagich, 2 ming 800 ta telemetriya tizimi o‘rnatish ko‘zda tutilgan.Hisoblagich ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ularga xizmat ko‘rsatishni bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.Aytilishicha, keyingi besh yilda issiqlik tizimlarini tiklash uchun 19 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovi 37 foizdan 58 foizga yetadi.Qayd etilganidek, 9 mingta uy-joy va binolar yopiq isitish tizimiga o‘tkaziladi. Natijada issiqlik yo‘qotilishi 2 barobar, gaz iste’moli 20 foizga kamayadi.Ko‘p qavatli uylarni boshqarish qanday raqamlashtiriladiEndi qishloq yerlarini auksionda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish bekor qilinadi. Auksionda sotilmagan yerning qiymati keyingi savdolarda kuniga 10 foizdan pasaytiriladi. Takroriy auksionda bitta ishtirokchi qatnashsa ham, g‘olib hisoblanadi. Yerning 10-20 foizi chorva uchun ozuqa ekishga chiqariladi.Hozirda 93 mingdan ziyod fermerlar faoliyati tadbirkorlik reytingi orqali baholanayapti. Endi bu reyting hosildorlik, ishchi soni, mahsulot hajmi kabi mezonlar bo‘yicha alohida bo‘lishi ma’lum qilindi.Yuqori reytingdagi fermerlarga kreditni qaytmaslik xavfini sug‘urtalash talabi bekor bo‘ladi. Yer solig‘i 3 barobar, fermerlar kengashiga to‘lanadigan badal 2 karra kamaytiriladi. Paxta va g‘allada meyordan ko‘p hosil olganlarga 25 foizgacha yerida chorva ozuqasi, sabzavot, dukkakli va boshqa ekinlarni almashlab ekishga ruxsat beriladi.Yig‘ilishda quyidagilar ma’lum qilindi:
https://oz.sputniknews.uz/20250317/ozbekiston-suv-foydalanish-senat-kodeks-48456174.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40112166_37:0:2177:1605_1920x0_80_0_0_83d09860f3dc16f6992be622d278c4c4.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident shavkat mirziyoyev ichimlik suvi issiqlik ta’minoti mahallalar obodligi qishloq xo‘jaligi
prezident shavkat mirziyoyev ichimlik suvi issiqlik ta’minoti mahallalar obodligi qishloq xo‘jaligi
O‘zbekistondagi suv inshooti va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatiladi
10:05 18.03.2025 (yangilandi: 10:20 18.03.2025) Qishloq yerlarini auksionda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish bekor qilinadi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti, mahallalar obodligi va qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha videoselektor
yig‘ilishi o‘tkazdi. Qayd etilishicha, bu yil 1 ming 619 kilometr ichimlik suvi, 521 kilometr oqova suv tarmoqlarini tortish, tizimdagi 162 ta inshootni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
“Bularning natijasida 715 ming aholiga ilk bor toza ichimlik suvi yetib boradi, 135 ming xonadon oqova tarmog‘iga ulanadi, 157 ming iste’molchiga zamonaviy hisoblagich o‘rnatiladi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, mahalliy tadbirkor Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Olmaliq, Bekobod, Angren va Chirchiq shahrida oqova suv tozalash inshootlarini qurmoqda. Yana bir tadbirkor Andijondagi ikkita tumanda suv va oqova xizmatlarini xususiy boshqaruvga olish tashabbusi bilan chiqqan. Shu kabi xususiy sheriklik loyihalarini ko‘paytirish, yirik korxonalarning xalqaro tenderlarda qatnashish imkonini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
“Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish jarayonini soddalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Endi tenderlarni tezlashtirib, yil yakunigacha 850 million dollarlik ishlarni bajarish topshirig‘i berildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, sohani raqamlashtirishga Osiyo taraqqiyot bankidan 125 million dollar jalb qilinadi. Besh yilda yirik suv inshooti va magistral quvurlarga 4 ming 800 ta “aqlli” hisoblagich, 2 ming 800 ta telemetriya tizimi o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Hisoblagich ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ularga xizmat ko‘rsatishni bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Aytilishicha, keyingi besh yilda issiqlik tizimlarini tiklash uchun 19 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovi 37 foizdan 58 foizga yetadi.
Qayd etilganidek, 9 mingta uy-joy va binolar yopiq isitish tizimiga o‘tkaziladi. Natijada issiqlik yo‘qotilishi 2 barobar, gaz iste’moli 20 foizga kamayadi.
Endi qishloq yerlarini auksionda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish bekor qilinadi. Auksionda sotilmagan yerning qiymati keyingi savdolarda kuniga 10 foizdan pasaytiriladi. Takroriy auksionda bitta ishtirokchi qatnashsa ham, g‘olib hisoblanadi. Yerning 10-20 foizi chorva uchun ozuqa ekishga chiqariladi.
Hozirda 93 mingdan ziyod fermerlar faoliyati tadbirkorlik reytingi orqali baholanayapti. Endi bu reyting hosildorlik, ishchi soni, mahsulot hajmi kabi mezonlar bo‘yicha alohida bo‘lishi ma’lum qilindi.
Yuqori reytingdagi fermerlarga kreditni qaytmaslik xavfini sug‘urtalash talabi bekor bo‘ladi. Yer solig‘i 3 barobar, fermerlar kengashiga to‘lanadigan badal 2 karra kamaytiriladi. Paxta va g‘allada meyordan ko‘p hosil olganlarga 25 foizgacha yerida chorva ozuqasi, sabzavot, dukkakli va boshqa ekinlarni almashlab ekishga ruxsat beriladi.
Yig‘ilishda quyidagilar ma’lum qilindi:
Bahorda 125 million tup ko‘chat ekilishi mo‘ljallangan.
Suv ta’minoti og‘ir mahallalarda geomembrana qoplamali hovuzlar barpo etiladi.
“Mahalla-servis” kompaniyalari xizmatlar ko‘rsatish tizimi kengaytirilib, yana mingta shunday kompaniya tuziladi. Xizmatlar turi ham kamida 30 taga yetkaziladi.
Xitoy tajribasi asosida 5 ming kishi mahallaga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitiladi va 15 ming aholining bandligi ta’minlanadi.
Bu yildan 208 ta tuman va shahar obodonlashtirish bo‘limlari tarkibida ichki yo‘llarni saqlash uchastkalari tashkil qilindi. Ularga qo‘shimcha 5 turdagi maxsus texnika sotib olish uchun 700 milliard so‘m ajratildi.