https://oz.sputniknews.uz/20250318/mahkumlar--kitob-jazo-muddat-deputatlar-48472824.html
Mahkumlar uchun imkoniyat: kitob o‘qiganlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
Mahkumlar uchun imkoniyat: kitob o‘qiganlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari navbatdagi majlisda mahkumlarni axloqan tuzatish ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qilishdi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati.
2025-03-18T16:03+0500
2025-03-18T16:03+0500
2025-03-18T16:03+0500
jamiyat
o‘zbekiston
oliy majlis qonunchilik palatasi
deputatlar
kitob
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/03/40672444_0:157:3083:1891_1920x0_80_0_0_11e57d9c46774a074452df9eaab6d987.jpg.webp
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari navbatdagi majlisda mahkumlarni axloqan tuzatish ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qilishdi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati.Qayd etilishicha, qonunchilikka ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorini, insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini rag‘batlantirishga qaratilgan normalarni kiritish zarurati yuzaga kelmoqda.Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksiga kitob o‘qishga jalb qilish orqali mahkumlarni axloqan tuzatish bo‘yicha yangi 74-1-modda kiritilmoqda.Shuningdek, tuzalish yo‘liga o‘tganligini tasdiqlovchi harakatlarni bajargan mahbuslar uchun jazo muddatini qisqartirishning protsessual tartiblari hamda zarur bo‘lgan adabiyotlar bilan ta’minlash belgilanmoqda.Bundan tashqari, mahkumning kitob o‘qiganligi faktini tasdiqlash bo‘yicha komissiya tuziladi. Ya’ni mahkumlar imtihon (test sinovi)dan o‘tishadi.Komissiya yig‘ilishi esa yiliga kamida ikki marta o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20241217/ozodlik-mahrum-hukm-onlayn-uchrashuv-huquq-47150468.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/03/40672444_177:0:2908:2048_1920x0_80_0_0_fa34ed56dfe39d54e2514e8b58ca6bb6.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlar mahkumlarni axloqan tuzatish ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi kitob o‘qish jazo muddati test
oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlar mahkumlarni axloqan tuzatish ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi kitob o‘qish jazo muddati test
Mahkumlar uchun imkoniyat: kitob o‘qiganlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
Qonunchilik palatasi: 1 ta kitob o‘qigan va imtihon topshirgan mahbusning jazo muttadi 3 kunga qisqartiriladi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari navbatdagi majlisda mahkumlarni axloqan tuzatish ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qilishdi, deya xabar berdi quyi palata
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, qonunchilikka ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorini, insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini rag‘batlantirishga qaratilgan normalarni kiritish zarurati yuzaga kelmoqda.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksiga kitob o‘qishga jalb qilish orqali mahkumlarni axloqan tuzatish bo‘yicha yangi 74-1-modda kiritilmoqda.
“Unga ko‘ra, faqat jazo muddatini to‘liq o‘tashi lozim bo‘lgan mahkumlarga nisbatan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha 1 ta kitob o‘qigan va belgilangan tartibda imtihon topshirgan taqdirda jazosini 3 kunga qisqartirish, biroq bir yilda ko‘pi bilan o‘ttiz kungacha qisqartirilishi nazarda tutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, tuzalish yo‘liga o‘tganligini tasdiqlovchi harakatlarni bajargan mahbuslar uchun jazo muddatini qisqartirishning protsessual tartiblari hamda zarur bo‘lgan adabiyotlar bilan ta’minlash belgilanmoqda.
Bundan tashqari, mahkumning kitob o‘qiganligi faktini tasdiqlash bo‘yicha komissiya tuziladi. Ya’ni mahkumlar imtihon (test sinovi)dan o‘tishadi.
Komissiya yig‘ilishi esa yiliga kamida ikki marta o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.
“Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi mahkumlarni ahloqan tuzatish, ularda jamiyat qoidalari va an’analariga nisbatan hurmatni shakllantirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.