Mahkumlarga yaqinlari bilan onlayn uchrashish huquqi beriladi
18:21 17.12.2024 (yangilandi: 10:28 18.12.2024)
© Sputnik / Yekaterina Chesnokova
/ Obuna bo‘lish
Deputatlar ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning masofali video-uchrashuvga bo‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasini qabul qilishdi.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga masofali video-uchrashuvlar huquqi beriladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati.
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa respubliki UzbekistanZasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa
Zasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa respubliki Uzbekistan
Deputatlar ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning masofali video-uchrashuvga bo‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdi.
Qayd etilishicha, mazkur hujjat loyihasi ularni jamiyatdan uzilib qolmasligini ta’minlash, jazoni o‘tab chiqqanidan so‘ng jamiyatga qayta moslashishiga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqilgan.
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa respubliki UzbekistanZasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa
Zasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa respubliki Uzbekistan
“Mazkur loyiha jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar huquqlarini xalqaro normalarga muvofiqlashtirib, sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni qayta jinoyat sodir etish holatlarini kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan”, — dedi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashrapov.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat-ijroiya kodeksining tegishli moddalariga Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi barcha jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga masofadan video-uchrashuv huquqini berish orqali o‘z yaqinlari bilan onlayn uchrashish imkoniyatini yaratishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Bunda masofali video-uchrashuvlar soni mahkumning jazoni o‘tash tartibotiga qarab belgilanadi.
“Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, ushbu qonun loyihasi inson manfaatlariga xizmat qilishi, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning o‘z oila a’zolari va yaqinlari bilan aloqada bo‘lish huquqini ta’minlashga qaratilganini alohida qayd etishdi”, — deyiladi xabarda.
Bu borada deputatlar mutaxassislarga “jazoni ijro etish muassasalarida moddiy texnik baza yetarlimi” degan savol bilan murojaat etishdi.
IIV vakilining qayd etilishicha, mahkumlar qo‘shimcha huquq doirasidan asosiy huquq doirasiga chiqmoqda. Barcha muassasalarda tegishli qurilmalar o‘rnatilgan. Agar mazkur hujjat qabul qilinsa, alohida platforma orqali mazkur ishlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Deputatlarning fikricha, ushbu qonun loyihasidagi o‘zgartirishlar nafaqat mahkum uchun, balki uning oila a’zolari va yaqinlariga ham qulayliklar yaratadi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.