https://oz.sputniknews.uz/20250318/bolalar-tasvir-pornografik-mahsulot-48473687.html
Bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni tarqatganlar 7-yilgacha qamalishi mumkin
Bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni tarqatganlar 7-yilgacha qamalishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida so‘z bordi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati.
2025-03-18T17:44+0500
2025-03-18T17:44+0500
2025-03-18T17:44+0500
jamiyat
o‘zbekiston
oliy majlis qonunchilik palatasi
deputatlar
bolalar
jarima
qamoq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/40/77/407743_0:78:1500:922_1920x0_80_0_0_bc35181191a15b3a7204ee35d0a49e6e.jpg.webp
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida so‘z bordi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati.Deputatlar “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilishdi.Aytilishicha, bugungi kunda huquqni qo‘llash amaliyotida bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq qator muammolar mavjud. Xususan, jinoyatdan jabrlangan bolalarni huquqlarini himoyalash, bolalarni jinoyat protsessiga guvoh sifatida jalb etishda ularni huquqlarini kafolatlash tizimini takomillashtirish talab etiladi.Ushbu qonun loyihasi bilan Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga bolalarni jinsiy zo‘ravonliklardan himoyalash, bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlaganlik uchun javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari Sirjiddin Abdullayevning qayd etishicha, pornografik mahsulotlarini saqlaganlik uchun 225 mln so‘mgacha jarima qo‘llash taklif etilmoqda.Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga voyaga yetmagan guvohlarni so‘roq qilish muddatlarini aniq belgilovchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.Aytilishicha, loyihada aliment to‘lamaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning ochiq elektron reyestrini yuritish taklifi ham berilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20241116/zoravonlikdan-jabrlangan-bolalar-himoya-orderi-46647891.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/40/77/407743_84:0:1417:1000_1920x0_80_0_0_afd550601a4eb639c588c1e0870dc4ae.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlaganlik javobgarlik oliy majlis qonunchilik palatasi
bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlaganlik javobgarlik oliy majlis qonunchilik palatasi
Bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni tarqatganlar 7-yilgacha qamalishi mumkin
Bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlaganlarga 225 mln so‘mgacha jarima qo‘llash taklif etildi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida so‘z bordi, deya xabar berdi quyi palata
matbuot xizmati. Deputatlar “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilishdi.
Aytilishicha, bugungi kunda huquqni qo‘llash amaliyotida bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq qator muammolar mavjud. Xususan, jinoyatdan jabrlangan bolalarni huquqlarini himoyalash, bolalarni jinoyat protsessiga guvoh sifatida jalb etishda ularni huquqlarini kafolatlash tizimini takomillashtirish talab etiladi.
Ushbu qonun loyihasi bilan Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga bolalarni jinsiy zo‘ravonliklardan himoyalash, bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlaganlik uchun javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
“Qonun loyihasiga ko‘ra, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqaga kirishish, jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirish bola rozilik bergan yoki bermaganligidan qat’i nazar, zo‘rlik ishlatilgan deb baholanishi nazarda tutilmoqda. Qonun loyihasi bilan o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda sodir etilganligi uchun ham javobgarlik belgilanmoqda”, — deb yozadi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov o‘zining telegram-kanalida.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari Sirjiddin Abdullayevning qayd etishicha, pornografik mahsulotlarini saqlaganlik uchun 225 mln so‘mgacha jarima qo‘llash taklif etilmoqda.
“Pornografik mahsulotlarini saqlaganlik uchun 37,5 mln so‘mdan 187 mln so‘mgacha yoki 15 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi, shuningdek, shu holatlarni takroran sodir etganlik, yani saqlaganlik uchun 150 mln so‘mdan 225 mln so‘mgacha jarima, 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari, ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum etish jazolarini qo‘llash taklif etilmoqda. Yuqoridagi mahsulotlarni tarqatganlik uchun 5-yildan 7-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlash taklif etilyapti”, — deya aniqlik kiritdi Abdullayev.
Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga voyaga yetmagan guvohlarni so‘roq qilish muddatlarini aniq belgilovchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Aytilishicha, loyihada aliment to‘lamaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning ochiq elektron reyestrini yuritish taklifi ham berilgan.