Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Tramp Putindan Ukraina askarlarining hayotini saqlab qolishni so‘radi

© RIA Novosti / Julia Demaree NikhinsonDonald Tramp vo vremya seremonii inauguratsii v Vashingtone
Donald Tramp vo vremya seremonii inauguratsii v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2025
Obuna bo‘lish
Qurshab olingan Ukraina askarlari yo qurollarini topshirib taslim bo‘lishi kerak yoki ular qurbon bo‘ladi — Putin.
TOShKENT, 14-mart – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda Kursk viloyatida qurshab olingan Ukraina qurolli kuchlarining hayotini saqlab qolishni so‘ragan. Bu haqida uning o‘zi Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"Biz juda sermazmun suhbat qildik, bu qonli urush vanihoyat tugashiga yaxshi imkoniyatlar bor. Lekin ayni shu daqiqada minglab Ukraina askarlari Rossiya qo‘shinlari tomonidan to‘liq qurshab olingan, juda og‘ir va himoyasiz holatda. Men prezident Putindan ularning hayotini saqlab qolishni qattiq iltimos qildim", - dedi Tramp o‘z bayonotida.

Rossiya prezidenti 13-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kursk viloyatining Ukraina tomonidan egallab olingan hududining 86 % ozod qilinganini va u yerdagi Ukraina askarlari deyarli to‘liq qurshab olinganini ma’lum qilgan edi.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Kursk viloyatida Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari 67 ming kishidan oshgan.
Ukraina 2024-yilning avgust oyida Rossiya chegarasini kesib o‘tib Kursk viloyatining bir qismini egallab olgan edi. Kiyev hukumati keyinchalik bu hududlar evaziga Rossiya qo‘shinlari nazorati ostiga o‘tgan yerlarga almashtirishni rejalashtirgan edi. Lekin muzokaralar boshlangunicha Rossiya o‘z yerlarini to‘liq ozod qildi, u yerdagi Ukraina qo‘shinlari esa qurshovda qoldi.
P.S. Oq uyning aniqlik kiritishiga ko‘ra, ushbu suhbat shaxsan Donald Tramp bilan emas AQSh prezidentining maxsus vakili Uitkoff va Putin orasida bo‘lib o‘tgan.
Yangiliklar lentasi
0