O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya AESga tashrif buyurdi

© Sputnik / Konstantin ChalabovKalininskaya AES
Kalininskaya AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2025
Obuna bo‘lish
Mehmonlarga stansiya faoliyati va hududdagi xavfsizlik haqida batafsil hikoya qilib berildi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. 2025 yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi Abduvaqqos Rafiqov boshchiligidagi delegatsiya Tver viloyatidagi Kalinin AESga tashrif buyurdi. Bu haqda "Rosatom" xabar qilmoqda.

Mehmonlar atom elektr stansiyasining faoliyati bilan tanishdi: sanoat maydonchasi, mashina xonalari, blok punktlari va energiya bloklarining boshqaruv pultlarida bo‘ldi.
© RosatomO‘zbekiston delegatsiyasi Kalinin AESiga tashrif buyurdi
Uzbekskaya delegatsiya posetila Kalininskuyu AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Kalinin AESiga tashrif buyurdi
Kalinin AES direktori vazifasini bajaruvchi Ruslan Aliyev tashrif ishtirokchilariga AES tarixi, faoliyati va yutuqlari haqida batafsil so‘zlab berdi. Radiatsion va ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Bizning vazifamiz xavfsizlikka mutlaq ustuvorlik bergan holda toza energiya ishlab chiqarishdir. Maqsadimiz - Rossiyada amal qilayotgan barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan, eng yaxshi atom elektr stansiyasi bo‘lish”, — dedi Ruslan Aliyev.

Aliyevning aytishiga ko‘ra, AESning energetik bloklarining loyihaviy xizmat muddati 30-yilni tashkil qiladi. Ushbu muddat tugaganidan so‘ng bloklar reviziyadan o‘tkazib, ularning xizmat muddati yana 30-yilga uzaytiriladi. Bugungi kunda Kalinin AESning 2-ta blokining xizmat qilish muddati 2044-yilgacha uzaytirilgan.
Kalinin AES atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Andrey Danilkinning aytishiga ko‘ra, AES atrofida radiatsiya darajasi tabiiy “nol fon”dan oshmaydi.
“Stansiya 1984-yilda ishlay boshlaganidan buyon Udomlya va Pesvo sovutish ko‘llarida baliq zaxirasi 1,5 barobarga ko‘paydi va hozirda qariyb 743 tonnani tashkil etmoqda. Bu ko‘llar eng yuqori baliqchilik toifasidagi suv omborlari maqomiga ega. Suv obyektlarining mavjud gidrokimoviy rejimi, jumladan, suvning yuqori shaffofligi, optimal sho‘rlanish darajasi va erigan kislorodning yuqori miqdori suv ekotizimining sog‘lom holatidan dalolat beradi”, — dedi Andrey Danilkin.
Kalinin AES 4 ta 1000 MVt li energoblokdan iborat. U Tver viloyatida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining umumiy hajmining 82 foizini ta’minlaydi. Korxona joylashgan Udomlya munitsipal okrugi aholisining qariyb 30 foizini ish bilan ta’minlaydi.
AES, uran va yadroviy tibbiyot: Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorligi qanday? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2024
AES, uran va yadroviy tibbiyot: Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorligi qanday?
Yangiliklar lentasi
0