O‘zbekiston Moskvadagi to‘qimachilik mahsulotlari ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda — foto

© Torgovo-promishlennaya palata UzbekistanaVistavka "Intertkan"
Vistavka Intertkan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2025
Obuna bo‘lish
Moskvada “Intertkan vesna 2025” xalqaro to‘qimachilik mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Moskvada bo‘lib o‘tayotgan “Intertkan vesna 2025” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi namoyish etilmoqda, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
Moskvada “Intertkan vesna 2025” xalqaro to‘qimachilik mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
© Torgovo-promishlennaya palata UzbekistanaVistavka "Intertkan"
Vistavka Intertkan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2025
Vistavka "Intertkan"
“O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida 21 ta korxona vakillari ko‘rgazmaning markaziy pavilonlaridan birida 176 kv.m maydonda joylashtirilgan “Made in Uzbekistan” milliy stendi bilan qatnashmoqda”, — deyiladi xabarda.
© Torgovo-promishlennaya palata UzbekistanaVistavka "Intertkan"
Vistavka Intertkan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2025
Vistavka "Intertkan"
Aytilishicha, mazkur tadbir o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun o‘z mahsulotlarini xalqaro bozorga chiqarish, yangi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish va mintaqaviy bozor rivojlanishining yangi tendensiyalari bilan tanishish uchun samarali platforma vazifasini o‘taydi.
© Torgovo-promishlennaya palata UzbekistanaVistavka "Intertkan"
Vistavka Intertkan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2025
Vistavka "Intertkan"
Ko‘rgazmada 800 tadan ortiq mahalliy va xorijiy yetakchi kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Bular Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Turkiya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlardan matolar, to‘qimachilik materiallari, trikotaj matolar, butlovchi buyumlar, aksessuarlar, maishiy va texnik to‘qimachilik hamda to‘qilmagan materiallar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilardir.
Har yili ko‘rgazmaga 30 mingdan ortiq soha mutaxassislari, jumladan, tikuvchilik korxonalari, atelyelar, savdo tarmoqlari, mehmonxonalar, restoranlar va dizaynerlar tashrif buyurishadi.
Tashkilotchilarga ko‘ra, ko‘rgazma maydonlarida ekspert sessiyalari, ma’ruzalar, mahorat darslari va muhokamalar o‘tkaziladi. Unda ishtirokchilar yengil sanoatdagi asosiy tendensiyalar, eng yangi texnologiyalar va biznesni rivojlantirish strategiyalari bilan tanishishlari mumkin.
Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimidan so‘ng marketing, ishlab chiqarish, dizayn va chakana savdoni qamrab oluvchi tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazma 14-martga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0