https://oz.sputniknews.uz/20250313/andijon-irkutsk-hamkorlik-48374999.html
Andijon va Irkutsk viloyatlari hamkorlikni kengaytirmoqda — tafsilotlar
Andijon va Irkutsk viloyatlari hamkorlikni kengaytirmoqda — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Ilhom Sobirov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Irkutsk viloyatiga tashrif chog‘ida gubernatorning birinchi o‘rinbosari Roman Kolesov bilan uchrashdi.
2025-03-13T17:13+0500
2025-03-13T17:13+0500
2025-03-13T17:13+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
andijon
irkutsk
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0d/48384038_0:0:556:313_1920x0_80_0_0_8700b62b3056b272b4f21370111fe857.jpg
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Andijon va Irkutsk viloyatlari hamkorlikni kengaydirishga qaratilgan tegishli hujjatni imzolashdi, deya xabar berdi "Dunyo" AA. Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Ilhom Sobirov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Irkutsk viloyatiga tashrif chog‘ida gubernatorning birinchi o‘rinbosari Roman Kolesov bilan uchrashdi. Unda Andijon va Irkutsk viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, Irkutsk viloyatida o‘zbek mahsulotlarini tarqatish majmuasini qurish loyihasini amalga oshirish imkoniyati masalasi ishlab chiqilmoqda. Irkutskning glyukometrlar uchun test-tasma ishlab chiqaruvchi “Medtexservis” kompaniyasi ishlab chiqarishini O‘zbekistonda mahalliylashtirish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. 2024-yilda kompaniya vakili Andijon viloyatiga tashrif buyurgan va hozirda bu borada muzokaralar olib borilmoqda. Tomonlar, shuningdek, ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilishdi. Ma’lumot uchun, 2024-yilda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijasida qurilish materiallari yetkazib berish, turizm xizmatlari ko‘rsatish va kompyuter dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha beshta eksport shartnomasi tuzilgan. Shuningdek, Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev va Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov subyektlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan.
https://oz.sputniknews.uz/20250119/rossiya-ozbekiston-hamkorlik-xarita-47614190.html
o‘zbekiston
irkutsk
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0d/48384038_0:0:556:417_1920x0_80_0_0_399912919397b9d898c379982e5c1bee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
andijon viloyati hokimi o‘rinbosari ilhom sobirov boshchiligidagi delegatsiya rossiyaning irkutsk viloyati tashrif irkutsk viloyati gubernatorning birinchi o‘rinbosari roman kolesov
andijon viloyati hokimi o‘rinbosari ilhom sobirov boshchiligidagi delegatsiya rossiyaning irkutsk viloyati tashrif irkutsk viloyati gubernatorning birinchi o‘rinbosari roman kolesov
Andijon va Irkutsk viloyatlari hamkorlikni kengaytirmoqda — tafsilotlar
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Ilhom Sobirov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Irkutsk viloyatiga tashrif buyurdi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Andijon va Irkutsk viloyatlari hamkorlikni kengaydirishga qaratilgan tegishli hujjatni imzolashdi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Ilhom Sobirov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Irkutsk viloyatiga tashrif chog‘ida gubernatorning birinchi o‘rinbosari Roman Kolesov bilan uchrashdi. Unda Andijon va Irkutsk viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi.
"Irkutsk viloyati uchun O‘zbekiston bilan hamkorlik katta ahamiyatga ega, chunki mamlakat MDH davlatlari orasida Rossiya mintaqasining asosiy tashqi savdo sheriklaridan biri bo‘lib qolmoqda va eksport hajmi bo‘yicha beshinchi o‘rinni egallaydi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Irkutsk viloyatida o‘zbek mahsulotlarini tarqatish majmuasini qurish loyihasini amalga oshirish imkoniyati masalasi ishlab chiqilmoqda.
Irkutskning glyukometrlar uchun test-tasma ishlab chiqaruvchi “Medtexservis” kompaniyasi ishlab chiqarishini O‘zbekistonda mahalliylashtirish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. 2024-yilda kompaniya vakili Andijon viloyatiga tashrif buyurgan va hozirda bu borada muzokaralar olib borilmoqda.
“Yig‘ilishda joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida imzolanishi rejalashtirilgan Irkutsk viloyati hukumati va Andijon viloyati hokimligi o‘rtasidagi kelishuv tafsilotlari muhokama qilindi. Hujjat savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirishni nazarda tutadi”, — deyilgan xabarda.
Tomonlar, shuningdek, ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilishdi.
“Muzokaralar yakunida tomonlar tegishli bayonnoma imzolashdi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2024-yilda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijasida qurilish materiallari yetkazib berish, turizm xizmatlari ko‘rsatish va kompyuter dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha beshta eksport shartnomasi tuzilgan. Shuningdek, Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev va Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov subyektlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan.