https://oz.sputniknews.uz/20250312/sudja-markaz-rossiya-bayroq-48363069.html
Sudja markazida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sudja markazida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sputnik O‘zbekiston
Sudja ma’muriyatida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi. 12.03.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-03-12T20:07+0500
2025-03-12T20:07+0500
2025-03-12T20:07+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
video
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0c/48362921_0:15:657:385_1920x0_80_0_0_585ec24344f035caed56618fd6f0abce.jpg
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Kursk viloyatidagi Sudja shahrining markaziy maydonida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi. Bu haqda “Shimol” qo‘shinlar guruhi tarkibida faoliyat yurituvchi 11-alohida gvardiya desant-hujum brigadasining parashut bataloni qo‘mondoni RIA Novostiga ma’lum qildi.O‘tgan yilning 6-avgust kuni erta tongida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari Rossiya hududini egallab olish maqsadida Kursk viloyatiga bostirib kirdi. Ular nazorat qila olgan eng katta aholi punkti Sudja edi. Shu sababli shahar asosiy logistika markazi sifatida ishlatilgan, u orqali Kiyev o‘z bo‘linmalarini barcha yaqin atrofdagi qishloq va shaharlarga yetkazib bergan.Rossiya qo‘shinlari dushmanning oldinga siljishini to‘xtatib, uni mintaqadan muntazam ravishda siqib chiqara boshladi. O‘tgan hafta oxirida ular Kursk viloyatida keng ko‘lamli hujumni boshlashdi va bir necha kun ichida Staraya Sorochina, Malaya Loknya, Cherkasskoe Porechnoe, Martinovka, Mixaylovka va boshqalarni o‘z ichiga olgan ko‘plab aholi punktlarini ozod qilishdi.Umuman olganda, Kursk chegara hududidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari 66 mingdan ortiq askar, 400 ga yaqin tank va minglab boshqa texnika vositalarini yo‘qotdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250311/rossiya-qoshin-sudja-sanoat-zona-ozod-48338948.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0c/48362921_62:0:595:400_1920x0_80_0_0_1634ace987bbe8180254697ffe5c9860.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya
video, dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya
Sudja markazida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sudja ma’muriyatida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Kursk viloyatidagi Sudja shahrining markaziy maydonida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi. Bu haqda “Shimol” qo‘shinlar guruhi tarkibida faoliyat yurituvchi 11-alohida gvardiya desant-hujum brigadasining parashut bataloni qo‘mondoni RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Bugun, 12-mart kuni, Sudja shahar ma’muriyati binosida Rossiya Federatsiyasi va ushbu operatsiyada ishtirok etayotgan qurolli kuchlar bo‘linmalarining bayroqlari ko‘tarildi”, — dedi T’ma chaqiruv belgisi bilan batalon komandiri.
O‘tgan yilning 6-avgust kuni erta tongida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari Rossiya hududini egallab olish maqsadida Kursk viloyatiga bostirib kirdi. Ular nazorat qila olgan eng katta aholi punkti Sudja edi. Shu sababli shahar asosiy logistika markazi sifatida ishlatilgan, u orqali Kiyev o‘z bo‘linmalarini barcha yaqin atrofdagi qishloq va shaharlarga yetkazib bergan.
Rossiya qo‘shinlari dushmanning oldinga siljishini to‘xtatib, uni mintaqadan muntazam ravishda siqib chiqara boshladi. O‘tgan hafta oxirida ular Kursk viloyatida keng ko‘lamli hujumni boshlashdi va bir necha kun ichida Staraya Sorochina, Malaya Loknya, Cherkasskoe Porechnoe, Martinovka, Mixaylovka va boshqalarni o‘z ichiga olgan ko‘plab aholi punktlarini ozod qilishdi.
Umuman olganda, Kursk chegara hududidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari 66 mingdan ortiq askar, 400 ga yaqin tank va minglab boshqa texnika vositalarini yo‘qotdi.