https://oz.sputniknews.uz/20250311/rossiya-qoshin-sudja-sanoat-zona-ozod-48338948.html
Rossiya qo‘shinlari Sudja sanoat zonasini ozod qildi — tafsilotlar
Rossiya qo‘shinlari Sudja sanoat zonasini ozod qildi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Oqim” nomli yashirin operatsiya 8-martdan bir necha kun oldin boshlangan. Uning maqsadi — ayni paytda foydalanilmayotgan gaz quvuri orqali dushmanning orqasiga sezdirmay o‘tib olish va asosiy kuchlar hujumini qo‘llab-quvvatlash edi. Aslida bu gaz quvuri orqali oldin Rossiyadan Ukrainaga gaz jo‘natilgan, lekin Kiyev 2025-yil 1-yanvarda gaz olishni to‘xtatganidan so‘ng quvur foydalanilmayotgan edi. Askarlar operatsiyaga 3 hafta davomida tayyorgarlik ko‘rishdi: ular quvurni gaz qoldiqlaridan tozalashdi va uning ichini kislorod bilan to‘ldirishdi, shuningdek, quvurdan chiqish joylarini jihozlashdi.
2025-03-11T21:16+0500
2025-03-11T21:16+0500
2025-03-11T21:16+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
ukraina
gaz quvuri
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0b/48338725_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_13c8f00ccd50e64b3fde446a283bdcd2.jpg
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlariga ortdan zarba berishni gaz quvuri orqali amalga oshirishni o‘z ichiga olgan operatsiya natijasida Kursk viloyatidagi Sudja sanoat zonasini ozod qildi, deya xabar berdi RT. “Oqim” nomli yashirin operatsiya 8-martdan bir necha kun oldin boshlangan. Uning maqsadi — ayni paytda foydalanilmayotgan gaz quvuri orqali dushmanning orqasiga sezdirmay o‘tib olish va asosiy kuchlar hujumini qo‘llab-quvvatlash edi. Aslida bu gaz quvuri orqali oldin Rossiyadan Ukrainaga gaz jo‘natilgan, lekin Kiyev 2025-yil 1-yanvarda gaz olishni to‘xtatganidan so‘ng quvur foydalanilmayotgan edi. Askarlar operatsiyaga 3 hafta davomida tayyorgarlik ko‘rishdi: ular quvurni gaz qoldiqlaridan tozalashdi va uning ichini kislorod bilan to‘ldirishdi, shuningdek, quvurdan chiqish joylarini jihozlashdi. Operatsiyada 11-gvardiya havo-desant kuchlarining hujum brigadasi, 72-motoo‘qchilar diviziyasi, "Axmat" maxsus bo‘linmasi harbiy xizmatchilari va “Veteranlar” hujum brigadasi ko‘ngillilari ishtirok etdi. Askarlar bir necha kun davomida quvur ichidan 15 km masofani bosib o‘tib, Ukraina kuchlarining orqa qismida paydo bo‘lishdi. Bir vaqtda ikki tomondan uyushtirilgan hujum natijasida Kursk viloyatidagi “Sudja” sanoat zonasi va sakkizta aholi punkti ozod qilindi. Dushman yo‘qotishlarga duchor bo‘lib, Zaoleshenka yo‘nalishi bo‘yicha "Sudja" xalqaro avtomobil nazorat punktigacha tartibsiz ravishda chekindi. Operatsiyadan so‘ng diversion brigada shifokor ko‘rigidan o‘tdi va viloyat gubernatori bilan uchrashdi. “Oqim” operatsiyasi maxsus operatsiya tarixiga zarhal harflar bilan yoziladi", - dedi Kursk gubernatori Aleksandr Xinshteyn askarlar bilan uchrashuvda.
https://oz.sputniknews.uz/20250310/kreml-kursk-viloyati-48329264.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0b/48338725_161:0:1121:720_1920x0_80_0_0_c893e0947b179f254d0287c9f6ef1260.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya ukraina kursk gaz quvuri sudja operatsiya potok
rossiya ukraina kursk gaz quvuri sudja operatsiya potok
Rossiya qo‘shinlari Sudja sanoat zonasini ozod qildi — tafsilotlar
“Oqim” nomli yashirin operatsiya 8-martdan bir necha kun oldin boshlangan.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlariga ortdan zarba berishni gaz quvuri orqali amalga oshirishni o‘z ichiga olgan operatsiya natijasida Kursk viloyatidagi Sudja sanoat zonasini ozod qildi, deya xabar berdi
RT. “Oqim” nomli yashirin operatsiya 8-martdan bir necha kun oldin boshlangan. Uning maqsadi — ayni paytda foydalanilmayotgan gaz quvuri orqali dushmanning orqasiga sezdirmay o‘tib olish va asosiy kuchlar hujumini qo‘llab-quvvatlash edi.
Aslida bu gaz quvuri orqali oldin Rossiyadan Ukrainaga gaz jo‘natilgan, lekin Kiyev 2025-yil 1-yanvarda gaz olishni to‘xtatganidan so‘ng quvur foydalanilmayotgan edi. Askarlar operatsiyaga 3 hafta davomida tayyorgarlik ko‘rishdi: ular quvurni gaz qoldiqlaridan tozalashdi va uning ichini kislorod bilan to‘ldirishdi, shuningdek, quvurdan chiqish joylarini jihozlashdi.
Operatsiyada 11-gvardiya havo-desant kuchlarining hujum brigadasi, 72-motoo‘qchilar diviziyasi, "Axmat" maxsus bo‘linmasi harbiy xizmatchilari va “Veteranlar” hujum brigadasi ko‘ngillilari ishtirok etdi.
Askarlar bir necha kun davomida quvur ichidan 15 km masofani bosib o‘tib, Ukraina kuchlarining orqa qismida paydo bo‘lishdi.
Bir vaqtda ikki tomondan uyushtirilgan hujum natijasida Kursk viloyatidagi “Sudja” sanoat zonasi va sakkizta aholi punkti ozod qilindi. Dushman yo‘qotishlarga duchor bo‘lib, Zaoleshenka yo‘nalishi bo‘yicha "Sudja" xalqaro avtomobil nazorat punktigacha tartibsiz ravishda chekindi. Operatsiyadan so‘ng diversion brigada shifokor ko‘rigidan o‘tdi va viloyat gubernatori bilan uchrashdi.
“Oqim” operatsiyasi maxsus operatsiya tarixiga zarhal harflar bilan yoziladi", - dedi Kursk gubernatori Aleksandr Xinshteyn askarlar bilan uchrashuvda.