https://oz.sputniknews.uz/20250312/shavkat-mirziyoev-frantsiya-tashrif-48345869.html
Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi boshlandi
Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi boshlandi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
2025-03-12T09:04+0500
2025-03-12T09:04+0500
2025-03-12T10:17+0500
siyosat
o‘zbekiston
fransiya
tashrif
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0c/48344685_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f3e98725a33623ac0c9561fbd31776a3.jpg
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi boshlandi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Parijga yetib bordi.Samolyot oldida O‘zbekiston yetakchisini Fransiya milliy ta’lim, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Elizabet Born, Parij harbiy okrugi qo‘mondoni general Loik Mizon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi."Orli" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.Mamlakat delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida Fransiyada o‘qiyotgan, ishlayotgan va ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh vatandoshlar Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi.Davlat rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi, o‘qish va izlanishlariga muvaffaqiyat tiladi.Tashrifning asosiy tadbirlari 12-mart kuniga mo‘ljallangan. Dasturga muvofiq, Yelisey saroyida oliy darajadagi O‘zbekiston-Fransiya muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, davlat rahbari YuNESKO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuv hamda Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan davra suhbati o‘tkazadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0c/48344685_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_0cd2e948e309bc0febc7fa3fa2852472.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev fransiyaga davlat tashrifi
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev fransiyaga davlat tashrifi
Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi boshlandi
09:04 12.03.2025 (yangilandi: 10:17 12.03.2025) Mirziyoyev Parijdagi o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashdi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi boshlandi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Parijga yetib bordi.
Samolyot oldida O‘zbekiston yetakchisini Fransiya milliy ta’lim, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Elizabet Born, Parij harbiy okrugi qo‘mondoni general Loik Mizon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
"Orli" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Mamlakat delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida Fransiyada o‘qiyotgan, ishlayotgan va ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh vatandoshlar Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi.
Davlat rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi, o‘qish va izlanishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 12-mart kuniga mo‘ljallangan. Dasturga muvofiq, Yelisey saroyida oliy darajadagi O‘zbekiston-Fransiya muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, davlat rahbari YuNESKO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuv hamda Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan davra suhbati o‘tkazadi.