Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kreml Kursk viloyatida Rossiya harbiylarining muvaffaqiyatiga shubha qilmaydi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota artillerii gruppirovki voysk "Zapad"
Boyevaya rabota artillerii gruppirovki voysk Zapad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2025
Obuna bo‘lish
Kurskda Ukraina jangarilarini yo‘q qilish operatsiyasi davom ettirilmoqda.
TOShKENT, 10 mar – Sputnik. Rossiya harbiylari Kursk viloyatini ukrainalik jangarilardan tozalash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Albatta, harbiylarimiz yerlarimizni jangarilardan imkon qadar tezroq tozalash uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilishmoqda. Biz bunday qilinishiga shubha qilmaymiz”, - dedi Kreml vakili.

Peskov Rossiya jangchilariga muvaffaqiyat tiladi.
Shuningdek, u Kursk viloyatini ozod qilish uchun biror bir muddat belgilanmaganini ta’kidladi.
Ukraina Qurolli kuchlari 2024-yil 6-avgust kuni Kursk viloyatiga hujum qilishdi. Mintaqa hududida federal xususiyatdagi favqulodda holat joriy qilingan. Chegara oldidagi aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Kiyev Kursk yo‘nalishida jangavor harakatlar boshlangandan buyon 65 mingdan ziyod harbiysini yo‘qotgan. Rossiya armiyasi Kursk viloyatida hozirgi kunga qadar 32 ta aholi punktini ozod qilishga erishdi.
Birgina 8-9 mart kunlari 7 ta qishloq ozod qilindi: Malaya Loknya, Cherkasskoe Porechnoe, Kositsa, Lebedevka, Viktorovka, Nikolayevka va Staraya Sorochina. Ukraina jangarilarini yo‘q qilish operatsiyasi davom ettirilmoqda.
Artilleriya 2-go armeyskogo korpusa Yujnoy gruppirovki voysk vedet ogon agitatsionnimi snaradami po pozitsiyam VSU. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina kuchlari Kursk viloyatida xavfsiz ta’minot yo‘llaridan ayrildi
Yangiliklar lentasi
0