Rossiya FXX ikki nafar Britaniya josusini aniqladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Velikobritanii u zdaniya posolstva v Moskv
Flag Velikobritanii u zdaniya posolstva v Moskv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2025
Obuna bo‘lish
Ularga Rossiyani ikki hafta ichida tark etish buyurilgan.
TOShKENT, 10 mar – Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi niqobi ostida ishlagan ikki josusni fosh etdi. Bu haqda Rossiya FXX matbuot xizmati xabar qildi.
Maxsus xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, elchixonaning ikkinchi kotibi Alkesh Odedra va diplomatik muassasaning siyosiy bo‘limi birinchi kotibining turmush o‘rtog‘i Maykl Skinner Rossiyaga kirishda yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etgan. Ular Rossiya xavfsizligiga tahdid soluvchi razvedka va qo‘poruvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishgan.
Har ikkisini akkreditatsiyadan mahrum qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va ularga Rossiyani ikki hafta ichida tark etish majburiyati yuklangan.
Ta’kidlanishicha, Rossiya FXX xorijiy maxsus xizmatlarning razvedka va qo‘poruvchilik faoliyatiga qarshi barcha mavjud usullar bilan kurashishda davom etadi.
Britaniya elchixonasi vakili Rossiya TIVga chaqirtirilgan.
Posolstvo Velikobritanii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2024
Biz bu sirkdan charchadik: Rossiyada josuslik qilgan Britaniya diplomatlari fosh etildi
Yangiliklar lentasi
0