https://oz.sputniknews.uz/20240913/biz-bu-tsirkdan-charchadik-rossiyada-josuslik-qilgan-britaniya-diplomatlari-fosh-etildi-45647452.html
Biz bu sirkdan charchadik: Rossiyada josuslik qilgan Britaniya diplomatlari fosh etildi
Biz bu sirkdan charchadik: Rossiyada josuslik qilgan Britaniya diplomatlari fosh etildi
Sputnik O‘zbekiston
Razvedka va qo‘poruvchilik bilan shug‘ullangan Britaniya diplomatlari Rossiyadan quviladi.
2024-09-13T13:55+0500
2024-09-13T13:55+0500
2024-09-13T13:55+0500
rossiya
britaniya
buyuk britaniya
birlashgan qirollik
razvedka xizmati
fxx
rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx)
diplomatiya
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0d/45648712_0:133:3169:1916_1920x0_80_0_0_14d7145da32bd93149b3ef74e8c248d8.jpg
TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Britaniyaning Rossiyaga strategik mag‘lubiyat yetkazishni maqsad qilganini tasdiqlovchi hujjatlar bizning ixtiyorimizga kelib tushdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX).Bu faktlar Moskvaga jo‘natilgan britaniyalik diplomatlarning faoliyatini Rossiya xavfsizligiga tahdid deb hisoblashga asos bo‘ladi. Shu sababli Tashqi ishlar vazirligi FXX tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida va Londonning ko‘plab nodo‘stona qadamlariga javob sifatida Buyuk Britaniya elchixonasi siyosiy bo‘limining olti nafar xodimining akkreditatsiyasini to‘xtatdi, ularning harakatlarida razvedka va qo‘poruvchilik faoliyati alomatlar aniqlandi. FXX shunga o‘xshash faoliyatda gumon qilinayotgan britaniyalik diplomatlarning xizmat safarlarini muddatidan oldin to‘xtatishni talab qilishini ta’kidladi.Rasmiy ravishda Britaniya Kengashi o‘z maqsadini Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar o‘rtasida ta’lim, madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish deb ataydi, biroq aslida bu Britaniya razvedka xizmatlarining niqobi, xolos, deya ta’kidladi Rossiya FXX.Kim akkreditatsiyadan mahrum bo‘ldi“Rossiya 24” telekanali akkreditatsiyadan mahrum etilgan diplomatlarning ismlarini sanab o‘tdi:Telekanalga FXX xodimining aytishicha, bu diplomatlar, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari - chet el agentlari yig‘ilishlarida qatnashgan.Uning qayd etishicha, London diplomatlar niqobi ostida Rossiyaga razvedka xodimlarini jo‘natadi va asl maqsadini yashirish uchun hatto yosh bolalardan foydalanadi.FXX operativ xodimining so‘zlariga ko‘ra, Britaniya Tashqi ishlar vazirligining yangi tuzilmasi dunyoning barcha yetakchi davlatlarini global mojaroga jalb qilish orqali jahondagi vaziyatni beqarorlashtirish markaziga aylandi.
birlashgan qirollik
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0d/45648712_220:0:2951:2048_1920x0_80_0_0_06e6a36fe6c740a9f26a0c732f9b6bc8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
britaniya diplomat razvedka
britaniya diplomat razvedka
Biz bu sirkdan charchadik: Rossiyada josuslik qilgan Britaniya diplomatlari fosh etildi
Faoliyatida razvedka va qo‘poruvchilik alomatlari aniqlangan olti nafar Britaniya diplomatlarining akkreditatsiyasi bekor qilindi.
TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Britaniyaning Rossiyaga strategik mag‘lubiyat yetkazishni maqsad qilganini tasdiqlovchi hujjatlar bizning ixtiyorimizga kelib tushdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX).
"Ushbu hujjatlar Buyuk Britaniyada Rossiya (va ilgari SSSR tarkibiga kirgan mamlakatlarda) qo‘poruvchilik siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi asosiy bo‘linma Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqarmasi ekanligidan dalolat beradi. Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan keyin u maxsus xizmatga aylantirildi, uning asosiy vazifasi — Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratishdir ", - deya ta’kidlaydi Rossiya FXX.
Bu faktlar Moskvaga jo‘natilgan britaniyalik diplomatlarning faoliyatini Rossiya xavfsizligiga tahdid deb hisoblashga asos bo‘ladi. Shu sababli Tashqi ishlar vazirligi FXX tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida va Londonning ko‘plab nodo‘stona qadamlariga javob sifatida Buyuk Britaniya elchixonasi siyosiy bo‘limining olti nafar xodimining akkreditatsiyasini to‘xtatdi, ularning harakatlarida razvedka va qo‘poruvchilik faoliyati alomatlar aniqlandi.
FXX shunga o‘xshash faoliyatda gumon qilinayotgan britaniyalik diplomatlarning xizmat safarlarini muddatidan oldin to‘xtatishni talab qilishini ta’kidladi.
Bu FXX britaniyaliklarning Rossiyadagi razvedka va qo‘poruvchilik faoliyati faktlarini birinchi marta oshkor etayotgani yo‘q. Shunday qilib, fevral oyida razvedka xizmati Britaniya Kengashi (British Council) Xerson viloyatidagi Kiyev rejimi uchun razvedka bilan shug‘ullanganini aniqladi. Xususan, bu maqsadda Buyuk Britaniyada yashovchi ukrainalik qochqinlardan foydalanilgan.
Rasmiy ravishda Britaniya Kengashi o‘z maqsadini Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar o‘rtasida ta’lim, madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish deb ataydi, biroq aslida bu Britaniya razvedka xizmatlarining niqobi, xolos, deya ta’kidladi Rossiya FXX.
Kim akkreditatsiyadan mahrum bo‘ldi
“Rossiya 24” telekanali akkreditatsiyadan mahrum etilgan diplomatlarning ismlarini sanab o‘tdi:
6.
Tomas Jon Xikson Stevinet.
Telekanalga FXX xodimining aytishicha, bu diplomatlar, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari - chet el agentlari yig‘ilishlarida qatnashgan.
Rostini aytsam, biz bu sikrdan charchadik. Yomg‘ir ostida butun uchinchi halqa bo‘ylab yugurish, qo‘shni shaharlarga bir kunga tashrif buyurib, bir shinjon qahva ichib qaytish, qahraton sovuqda skameykada bir necha soat o‘tirishlardan charchadik. Yoki biror muhojirlar manfaatlarini himoya qiluvchi NNT yig‘inlarida ishtirok etish maqsadida xavfsizlik xizmatlarini chalg‘itish uchun bir necha martalab jamoat transporti yoki taksi almashtirishlardan”, — dedi tezkor xodim.
Uning qayd etishicha, London diplomatlar niqobi ostida Rossiyaga razvedka xodimlarini jo‘natadi va asl maqsadini yashirish uchun hatto yosh bolalardan foydalanadi.
FXX operativ xodimining so‘zlariga ko‘ra, Britaniya Tashqi ishlar vazirligining yangi tuzilmasi dunyoning barcha yetakchi davlatlarini global mojaroga jalb qilish orqali jahondagi vaziyatni beqarorlashtirish markaziga aylandi.