Sankt-Peterburgdagi O‘zbekiston madaniy merosi durdonalari Toshkentda namoyish etiladi

© Sentr islamskoy sivilizatsii v UzbekistaneIzuchayutsya faksimilnie kopii Korana Xazrata Usmana, napisannie 120 let nazad
Izuchayutsya faksimilnie kopii Korana Xazrata Usmana, napisannie 120 let nazad
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2025
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgdagi muzeyda saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy merosiga oid asarlar Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishida namoyish etiladi.
TOShKENT, 9-mart — Sputnik. Sankt-Peterburg Din tarixi muzeyi Hazrati Usmon Qur’onining 120-yil avvalgi faksimile nusxalarini o‘rganmoqda, deya xabar berdi Islom sivilizatsiyasi markazi.
Aytilishicha, qator davlatlar O‘zbekiston madaniy merosiga oid durdonalarni respublikaga olib kelish va namoyish etish bo‘yicha takliflar bildirmoqda.
Sankt-Peterburg Din tarixi muzeyi vakili Irina Osmanova muzeyda saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy merosiga oid durdonalarni Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishida namoyish etish taklifini bildirdi.
Qayd etilishicha, muzey vakili Markaz xodimlari bilan yaqindan faoliyat olib bormoqda. Mehmon markaz xodimlari bilan O‘zbekistonda saqlanayotgan Hazrati Usmon mushafi tarixi bilan bog‘liq manbalarni, shuningdek, mazkur qo‘lozmaning 1905-yilda Rossiyada chop etilgan 50 ta faksimile nusxasining tarqalish geografiyasini o‘rganmoqda.
© Sentr islamskoy sivilizatsii v UzbekistaneIzuchayutsya faksimilnie kopii Korana Xazrata Usmana, napisannie 120 let nazad
Izuchayutsya faksimilnie kopii Korana Xazrata Usmana, napisannie 120 let nazad
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2025
Izuchayutsya faksimilnie kopii Korana Xazrata Usmana, napisannie 120 let nazad
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi misli ko‘rilmagan loyiha bo‘ldi, deb o‘ylayman. Bu yerga tashrif buyurishimizdan maqsad — xalqaro ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 3 kun davomida turli muzeylarda bo‘ldik, eksponatlar bilan tanishdik. Shuni mamnuniyat bilan ayta olamanki, Islomgacha bo‘lgan davr sivilizatsiyasi bo‘limi loyihasini tugatdik, endi amaliyotga tadbiq etib, ekspozitsiya tashkil qilishni boshlasak ham bo‘ladi. Bu jarayonda biz O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Sankt-Peterburg shahridagi Ermitaj va Din tarixi muzeylari bilan yaqindan hamkorlik qilamiz", — dedi Din tarixi muzeyi vakili Irina Osmanova.
O‘zbekistonda saqlanayotgan Hazrati Usmon mushafi Qur’oni Karimning eng qadimgi nusxalaridan biri sanaladi. Buyuk sahobalardan biri Usmon ibn Affon (r.a.) 647-yilda Qur’oni Karimdan bir nechta nusxa ko‘chirtirib, uni turli mintaqalarga yuborgan. O‘sha nusxalardan birining O‘zbekistonga kelib qolishi haqida turli ma’lumotlar bor. Bu mushaf XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar Samarqandda, Xoja Ahrori Valiy masjidida saqlangan.
1869 yil may oyida Mushaf Turkiston bosh gubernatori general fon Kaufman buyrug‘iga binoan Sankt-Peterburgga jo‘natilgan. 1922-yil avgust oyiga kelib, bu muborak kitobni Turkiston musulmonlarining talabi bilan Toshkentga qaytarishga muvaffaq bo‘lindi. Hozirda Hazrati Usmon mushafi Hazrati Imom majmuasidagi “Mo‘yi muborak” masjidida saqlanmoqda. Mushaf Rossiyada turgan vaqti, ya’ni 1905-yilda uning 50 ta faksimile nusxasi chop etilgan va turli shaharlarga yuborilgan.
“Mazkur zalda 120-yil avval chop etilgan ana shu faksimile nusxalarining tarqalish xaritasi ham o‘rnatiladi. Hazrati Usmon Qur’oni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ishga tushirilgach, uning “Qur’on zali”dagi maxsus ayvonchada, marmar lavh ustidan joy olishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu zalda Qur’onning qadimiy nusxalari ham sayyoh va ziyoratchilar e’tiboriga havola etilishi rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Sentr islamskoy sivilizatsii popolnitsya unikalnimi kovrami v zale Korana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2025
Islom sivilizatsiyasi markazidagi Qur’on zali uchun oyatlar aks etgan gilamlar tayyorlanmoqda
Yangiliklar lentasi
0