https://oz.sputniknews.uz/20250220/islom-sivilizatsiy-markaz-quron-bezash-oyatlar-gilam-48039593.html
Islom sivilizatsiyasi markazidagi Qur’on zali uchun oyatlar aks etgan gilamlar tayyorlanmoqda
Islom sivilizatsiyasi markazidagi Qur’on zali uchun oyatlar aks etgan gilamlar tayyorlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Islom sivilizatsiyasi markazida joylashgan Qur’on zali devorlarini bezash uchun 8 ta ipak gilam tayyorlanmoqda.
2025-02-20T09:17+0500
2025-02-20T09:17+0500
2025-02-20T10:39+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qur’oni karim
islom sivilizatsiyasi markazi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/13/48038390_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_cd9a3320bd3031290489191524723ddd.jpg
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida joylashgan Qur’on zali devorlarini bezash uchun 8 ta ipak gilam tayyorlanmoqda, deya xabar berdi markaz matbuot xizmati.Gilamlarning o‘lchami 8,1x3,7 metr bo‘lib, ulardagi oyatlarning matnlari bir nechta xorijiy tillarda maxsus QR-kodlar orqali joylashtiriladi. Mobil ilovalar yordamida matnlarni alohida-alohida tinglash imkoniyati ham taqdim etilishi kutilmoqda.Aytilishicha, oyatlar mashhur xattot Habibulloh Solih qo‘li bilan ko‘chirilgan.Shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi binosida xattotlar uchun maxsus ustaxonalar va qo‘lozmalarni tiklashga ixtisoslashgan laboratoriyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230417/katta-langar-quroni-33988449.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/13/48038390_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_2bd13a332e6b7c6a602a5fcd906673c7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
islom sivilizatsiyasi markazi qur’on zali ipak gilam usmon mushafidan olingan oyatlar
islom sivilizatsiyasi markazi qur’on zali ipak gilam usmon mushafidan olingan oyatlar
Islom sivilizatsiyasi markazidagi Qur’on zali uchun oyatlar aks etgan gilamlar tayyorlanmoqda
09:17 20.02.2025 (yangilandi: 10:39 20.02.2025) Islom sivilizatsiyasi markazida joylashgan Qur’on zali devorlarini bezash uchun 8 ta ipak gilam tayyorlanmoqda.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida joylashgan Qur’on zali devorlarini bezash uchun 8 ta ipak gilam tayyorlanmoqda, deya xabar berdi markaz
matbuot xizmati. “Islom sivilizatsiyasi markazida joylashgan Qur’on zali devorlarini bezash uchun 8 ta ipak gilam tayyorlanmoqda. Ularda Usmon Mushafidan olingan oyatlar aks ettiriladi. Ushbu gilamlardan biri ayni paytda markaz ekspozitsiyasiga joylashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Gilamlarning o‘lchami 8,1x3,7 metr bo‘lib, ulardagi oyatlarning matnlari bir nechta xorijiy tillarda maxsus QR-kodlar orqali joylashtiriladi. Mobil ilovalar yordamida matnlarni alohida-alohida tinglash imkoniyati ham taqdim etilishi kutilmoqda.
Aytilishicha, oyatlar mashhur xattot Habibulloh Solih qo‘li bilan ko‘chirilgan.
“Habibulloh Solih Markaziy Osiyodagi eng mahoratli xattotlardan biri bo‘lib, u nasx, tavqe, riqo kabi qadimiy xat uslublarini mukammal egallagan. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan oy Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurganida xattotlik maktabini tashkil etishni taklif qilgan edi. Bu tashabbus milliy merosimiz va kitobat san’atini saqlash va rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi binosida xattotlar uchun maxsus ustaxonalar va qo‘lozmalarni tiklashga ixtisoslashgan laboratoriyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.