Mirziyoyev xotin-qizlarga davlat mukofotlarini topshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennoy seremonii po sluchayu Mejdunarodnogo jenskogo dnya i vruchil gosudarstvennie nagradi
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennoy seremonii po sluchayu Mejdunarodnogo jenskogo dnya i vruchil gosudarstvennie nagradi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2025
Obuna bo‘lish
Tadbirda yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi va davlat mukofotlarini topshirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Prezidentning shu yil 3-martdagi qaroriga binoan 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan, 4-martdagi farmonga muvofiq, mehnat faoliyati va jamoat ishlarida katta natijalarga erishgan bir guruh ayollar orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Tadbirda ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
1/8
Marosim so‘ngida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqi nomidan ayollarni yana bir bor tabriklab, ezgu tilaklar bildirdi.
“Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik, dunyodagi eng katta boylik – oilaviy baxt-saodat yor bo‘lishini tilayman. Doimo farzandlaringiz va yaqinlaringiz, el-yurtimiz ardog‘ida yurish nasib etsin”, – dedi prezident.
Bayram doirasida “O‘zbekiston” anjumanlar saroyida tantanali konsert namoyish etildi.
Prazdnichnoe meropriyatie po sluchayu Mejdunarodnogo jenskogo dnya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda 8-martga bag‘ishlangan nutq so‘zladi
Yangiliklar lentasi
0