https://oz.sputniknews.uz/20250307/shavkat-mirziyoev-koksaroyda-8-martga-bagishlangan-nutq-sozladi-48284272.html
Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda 8-martga bag‘ishlangan nutq so‘zladi
Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda 8-martga bag‘ishlangan nutq so‘zladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘z nutqida Mirziyoyev O‘zbekistonda ayollar huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar haqida batafsil aytib berdi. 07.03.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-03-07T14:46+0500
2025-03-07T14:46+0500
2025-03-07T14:57+0500
shavkat mirziyoyev
prezident
tabrik
8 mart - xalqaro xotin-qizlar kuni
ayollar huquqlari
ayollar
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/07/42835415_0:34:1280:754_1920x0_80_0_0_18728f376cff8a7c8d0e499605fa1134.jpg
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi. Prezident O‘zbekiston xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, xonadonlariga tinchlik-omonlik, oilaviy baxt-saodat tiladi va O‘zbekistonda ayollar huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.Shuningdek, Mirziyoyev o‘zbekistonlik ayol sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlari, madaniyat va san’at sohasidagi yutuqlarini sanab o‘tdi.Shundan so‘ng prezident so‘nggi yillarda xotin-qizlarning sifatli ta’lim olishiga alohida e’tibor qaratilayotganini alohida aytib o‘tdi.OTM talabalarining 52% qizlar ekanini, magistraturada o‘qiydigan qizlarning 15 ming nafariga kontrakt puli to‘lab berilganini va bugungi kunda 6,2 ming xotin-qizlar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda, dedi prezident.Undan tashqari, Mirziyoyev ayollarga hunar o‘rgatish va ayollar orasida ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan choralar haqida ham aytib o‘tdi. Xususan, ayollarni o‘qitib ishga olayotgan tadbirkorlar haqida aytib berdi.Buning uchun ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha 4 bosqichli yangi tizimni yo‘lga qo‘yiladi. Bunda tadbirkorlikk qiziqqan ayollar dastlab o‘qitiladi, keyin ular banklar ko‘magida kichik tadbirkorga aylanadi. Tijorat banklari tomonidan ularga qulay moliyaviy paketlar taqdim etiladi.Nutq yakunida Shavkat Mirziyoyev Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan 28 nafari qizlarni alohida aytib o‘tdi va O‘zbekiston xotin qizlarini bayram bilan yana bir bor tabrikladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250305/xalqaro-xotin-qizlar-mukofot-48245119.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/07/42835415_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_ac6a0b92aa1353566b5fee96d8bccf47.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, prezident, tabrik, 8-mart - xalqaro xotin-qizlar kuni, ayollar huquqlari, ayollar, o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev, prezident, tabrik, 8-mart - xalqaro xotin-qizlar kuni, ayollar huquqlari, ayollar, o‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda 8-martga bag‘ishlangan nutq so‘zladi
14:46 07.03.2025 (yangilandi: 14:57 07.03.2025) O‘z nutqida Mirziyoyev O‘zbekistonda ayollar huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar haqida batafsil aytib berdi.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi.
Prezident O‘zbekiston xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, xonadonlariga tinchlik-omonlik, oilaviy baxt-saodat tiladi va O‘zbekistonda ayollar huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Xususan, prezident 2017-yildan bugunga qadar boshqaruv kadrlari orasida ayollar ulushi 20 foizdan 35 foizgacha oshganini, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 38 foizini, Senat a’zolarining 27 foizini ayollar tashkil etayotganini aytib o‘tdi.
Shuningdek, Mirziyoyev o‘zbekistonlik ayol sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlari, madaniyat va san’at sohasidagi yutuqlarini sanab o‘tdi.
Shundan so‘ng prezident so‘nggi yillarda xotin-qizlarning sifatli ta’lim olishiga alohida e’tibor qaratilayotganini alohida aytib o‘tdi.
“Bitta qizni o‘qitsak, butun oilaga ta’lim bergan bo‘lamiz. Agar oila bilimli, ma’rifatli bo‘lsa, jamiyatning ongi, madaniy darajasi ham yuksaladi”, - dedi Mirziyoyev.
OTM talabalarining 52% qizlar ekanini, magistraturada o‘qiydigan qizlarning 15 ming nafariga kontrakt puli to‘lab berilganini va bugungi kunda 6,2 ming xotin-qizlar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda, dedi prezident.
Undan tashqari, Mirziyoyev ayollarga hunar o‘rgatish va ayollar orasida ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan choralar haqida ham aytib o‘tdi. Xususan, ayollarni o‘qitib ishga olayotgan tadbirkorlar haqida aytib berdi.
Prezident aytishiga ko‘ra, 2025-yilda 2 million ayollar bandligini ta’minlash, shundan 1 million 300 ming nafar xotin-qizni tadbirkorlikka jalb etish rejalashtirilgan.
Buning uchun ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha 4 bosqichli yangi tizimni yo‘lga qo‘yiladi. Bunda tadbirkorlikk qiziqqan ayollar dastlab o‘qitiladi, keyin ular banklar ko‘magida kichik tadbirkorga aylanadi. Tijorat banklari tomonidan ularga qulay moliyaviy paketlar taqdim etiladi.
Nutq yakunida Shavkat Mirziyoyev Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan 28 nafari qizlarni alohida aytib o‘tdi va O‘zbekiston xotin qizlarini bayram bilan yana bir bor tabrikladi.