Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashishda qanday tashabbuslarni ilgari surdi?
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos zasedanie Natsionalnogo soveta po protivodeystviyu korrupsii

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi jamoatchilikka murojaat qilib, korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa ekanligini aytdi.
TOShKENT, 5-mart — Sputnik. Butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida ma’lum qildi.
Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Aytilishicha, ilk marotaba bunday tarzda yig‘ilish o‘tkazilishi korrupsiyaga qarshi kuchli siyosiy irodani namoyon etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos zasedanie Natsionalnogo soveta po protivodeystviyu korrupsii

Sostoyalos zasedanie Natsionalnogo soveta po protivodeystviyu korrupsii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston yetakchisi jamoatchilikka murojaat qilib, korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvarning vijdon ishi ekanini ta’kidladi.
“Hammamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari 55 ta aniq maqsadga yo‘naltirilgan tashabbuslarni ilgari surdi:
Ular doirasida 5 ta qonun, 12 ta farmon va qarorlar ishlab chiqiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament, Milliy va hududiy kengashlar, fuqarolik jamiyati institutlarining roli oshiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari kuchayadi.
Deklaratsiyalash, noqonuniy boylik orttirishga oid yangi tartiblar kiritilishi natijasida korrupsiya omillari cheklanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, tashkilotlardagi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati kuchaytiriladi.
Maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazirlik, idoralar rahbarlari mas’uliyati oshiriladi.
Davlat xizmatlari darajasini aholi baholaydigan tizim qilinadi, eng yomon ko‘rsatkichga ega soha rahbarlari bo‘yicha chora ko‘riladi.
Nazorat inspeksiyalari mustaqilligi oshiriladi.
Yirik investitsiya loyihalarida, auksionlarda korrupsiyaning oldini oluvchi mexanizmlar joriy etiladi.
Davlat xaridlari tartibga solinishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlar cheklanishi hisobiga budjet mablag‘lari tejalishi ta’minlanadi.
Davlat pulini maqsadsiz sarflash holatlariga barham beriladi.
Sektorlardan ozod bo‘lgan kuch va vositalar jinoyatchilikka qarshi kurashishga safarbar etilib, jamiyatda barqarorlik muhiti va odamlarning roziligi ortadi.
Noqonuniy tekshiruvlar ustidan prokuror nazorati kuchaytirilishi orqali joylarda biznes va investitsiya muhiti yaxshilanadi.
Aytilishicha, erishilgan natijalar xalqaro reytinglarda mamlakat o‘rnini yaxshilaydi. 2027-yilda UNCAC konferensiyasi mezbonligiga O‘zbekiston nomzodini ma’qullash uchun zamin hozirlaydi.