O‘zbekiston va Vengriya migratsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqchi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVengriya gotovitsya k vizitu Prezidenta Uzbekistana
Vengriya gotovitsya k vizitu Prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2025
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat vakkillari migratsiyasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, qonunchilik bazasini rivojlantirish kabi masalalarni muhokama etishdi.
TOShKENT, 3-mart — Sputnik. O‘zbekiston va Vengriya Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Ichki ishlar vazirligining Yevropa Ittifoqi va tashqi aloqalar bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosari Matyash Xedyala bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston va Vengriya ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ko‘rib chiqilgan masalalar:
jinoyatchilikka qarshi kurashish;
jamoat xavfsizligi, qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashda o‘zaro tajriba almashish;
migratsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish;
tashqi mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini rivojlantirish.
“Ikki davlat ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan "Harakatlar rejasi"ni birgalikda ishlab chiqish va imzolashdan manfaatdorlik bildirildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, tomonlar hamkorlikni faollashtirishdan o‘zaro manfaatdor. Aytilishicha, qo‘shma tashabbuslar ikki mamlakat o‘rtasidagi xavfsizlik va migratsiya sohasidagi strategik munosabatlarni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
Delovoe sotrudnichestvo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2024
Vengriya O‘zbekistonda logistika markazini ochishni rejalashtirmoqda
Yangiliklar lentasi
0