Vengriya O‘zbekistonda logistika markazini ochishni rejalashtirmoqda

© freepik / rawpixelDelovoe sotrudnichestvo.
Delovoe sotrudnichestvo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2024
Obuna bo‘lish
Vengriyalik ishbilarmonlar Surxondaryo viloyatida 29 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Vengriya O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini saqlash va eksport qilish uchun logistika markazini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Mamlakat elchixonasi tomonidan Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumi onlayn shaklda o‘tkazildi.
Unda Vengriyaning yetakchi kompaniyalari, Vengriya qishloq xo‘jaligi universiteti va boshqa yirik korxonalar vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan 20 dan ortiq kompaniya va ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdi.
“Biznes-forum doirasida Vengriyaning "OTP Bank Grup" kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga chiqish, jumladan, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejasini taqdim etdi. Bundan tashqari, "OTP Grin Fand"ning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.
Ishtirokchilar Surxondaryo viloyatida 29 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishdi.
“Farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va logistika sohalaridagi loyihalar alohida qiziqish uyg‘otdi. Budapesht Savdo-sanoat palatasi vakillari "Ayritom" erkin iqtisodiy zonasi orqali farmatsevtika mahsulotlarini saqlash va eksport qilish uchun logistika markazini yaratishni taklif qildi”, — deyilgan xabarda.
Tadbir yakunida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish va O‘zbekistondan Vengriya bozoriga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0