Zelenskiyni o‘z sheriklari hokimiyatdan chetlatadi — Oliy Rada deputati

© OZAN KOSEPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2025
Obuna bo‘lish
Deputat Zelenskiyni kim chetlatishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Vladimir Zelenskiyni o‘z sheriklari hokimiyatdan chetlatadi. Bunday fikrni tergov hibsxonasida saqlanayotgan Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksandr Dubinskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Uni (Zelenskiyni – tahrir) hozir atrofidagilar ag‘daradi, chunki u allaqachon o‘margan narsalari bilan qochishlariga to‘sqinlik qilmoqda”, — deb yozadi u.

Parlamentariyning fikricha, Zelenskiyning yaqin doiralari ular talon-taroj qilgan mablag‘lar miqdori oshkor etilmaguncha u bilan muomala qilishlari kerakligini tushunishadi.
Avvalroq Dubinskiy Zelenskiyni bir qancha siyosatchilar va jurnalistlar, jumladan, Ukraina IIV rahbari Denis Monastirskiyni o‘ldirganlikda ayblagan edi. Dubinskiyning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar orasida qamoqda vafot etgan amerikalik jurnalist Gonsalo Lira, Ukraina Oliy Radasining vafot etgan sobiq deputati Ilya Kiva va Kiyevda o‘ldirilgan Bosh razvedka boshqarmasi xodimi Denis Kireyev ham bor.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2025
Oliy Rada Zelenskiyning vakolatlari haqidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamadi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0