Oliy Rada Zelenskiyning vakolatlari haqidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamadi — tafsilotlar

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2025
Obuna bo‘lish
Ukrainalik sobiq deputat: prezidentning vakolatlari hech qanday holatda kengaytirilishi mumkin emas.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Ukraina Oliy Radasining Vladimir Zelenskiy vakolatlarini Ukrainaning yangi saylangan prezidenti lavozimiga kirishgunga qadar uzaytirish haqidagi qarori ovoz berishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqda ukrainalik deputat Yaroslav Jeleznyak o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
U hujjatdan ko‘chirma va uning raqamini e’lon qilib, deputatlar tashabbusni qo‘llab-quvvatlamaganini ta’kidladi. Jeleznyakning so‘zlariga ko‘ra, atigi 218 nafar deputat yoqlab ovoz bergan, lekin 226 nafar deputatning ovozi zarur edi.
“Ukraina parlamenti Ukraina qonunlarida nazarda tutilgan hokimiyatning institutsional uzluksizligi tamoyiliga, ayniqsa harbiy holatning huquqiy rejimi kontekstida rioya qilish zarurligiga e’tibor qaratadi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z vakolatlarini Ukraina Konstitutsiyasining 108-moddasi birinchi qismiga muvofiq Ukrainaning yangi saylangan prezidenti lavozimiga kirishgunga qadar amalga oshirishi shart", — deya iqtibos keltiradi Jeleznyak 13039-sonli qarordan.
“Strana” nashrining yozishicha, yig‘ilishda Yevropa komissarlari va ko‘plab Yevropa davlatlarining vakillari ishtirok etgan. Rezolyutsiya mualliflari shu yo‘l bilan parlament Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlashini namoyish etishga umid qilishgan.
Ukraina Oliy Radasi Vladimir Zelenskiyning vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qayta ovozga qo‘yishga urinib ko‘radi.
“Boshqa Ukraina” harakati a’zosi, Oliy Radaning sobiq deputati Spiridon Kilinkarovning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Ukraina parlamenti Vladimir Zelenskiyning vakolatlarini uzaytirish bo‘yicha rezolyutsiyani ovozga qo‘ymagani uni kelajakda prezidentlik poygasidan chetlashtirishga qaratilgan qadamdir.
“Endi Ukrainadagi barcha ichki siyosat, Ukrainada saylovlar kerak emasligi haqidagi barcha ritorikalarga qaramay, ushbu muammoni hal qilishga qaratilgan. Zelenskiy ishtirokchi bo‘lishi mumkin ekan, ular Ukrainaga kerak emas...Zelenskiyni imkon qadar kuchsizlantirish va uning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini imkonsiz qilish. Uning parlamentdagi barcha raqiblari shunday qilmoqda”, — dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu rezolyutsiya Zelenskiyni prezidentlik poygasidan chetlashtirish masalasini hal qilishga qaratilgan “siyosiy o‘yin” sifatida baholanishi mumkin. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, huquqiy nuqtayi nazardan bunday rezolyutsiyaga baho berish mumkin emas.

“Prezidentning vakolatlarini uzaytirish yoki uzaytirmaslik masalasi Oliy Radaning qarori bilan hal etilmaydi. Ukraina Konstitutsiyasida bu masala aniq aytib qo‘yilgan: Bu borada Konstitutsiyaviy sudning qarori bor”, — deya aniqlik kiritdi Kilinkarov.

Zelenskiy lavozimini qachon tark etishini ma’lum qildi
Zelenskiyning vakolat muddati o‘tgan yilning 20-mayida tugagan edi. Ukrainada 2024-yilgi prezidentlik saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab bekor qilindi. Kiyev rejimi rahbarining aytishicha, hozir ovoz berish vaqti emas. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin ta’kidlaganidek, hozir Ukrainada yagona qonuniy hokimiyat Oliy Rada va uning spikeri bo‘lib qolmoqda.
Prezident Donald Tramp  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Saylov vaqti keldi”: Trampning Ukraina va Zelenskiy bo‘yicha asosiy bayonotlari
Yangiliklar lentasi
0