Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan bitiruvchilar uchun ham davlat tilidan imtihon bo‘ladi

© Davlat test markazi Test sinovlari
Test sinovlari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2025
Obuna bo‘lish
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazish tartibi belgilandi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Endi ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi. Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazish tartibi belgilandi.

“Mazkur hujjatga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari, umumta’lim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi”, — deb yozadi Umarova.

9-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagi shaklda o‘tkaziladi:
ona tili va adabiyoti (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun)dan – yozma;
matematika fanidan – yozma;
O‘zbekiston tarixi fanidan – yozma/og‘zaki;
jismoniy tarbiya fanidan – amaliy.
11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
ona tili va adabiyoti (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun)dan – yozma;
matematika (asosiy) / matematika (chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma;
tarix fanidan – yozma;
o‘quvchining tanlovi bo‘yicha: ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirg‘iz tilida ta’lim bo‘lgan sinflar uchun), biologiya, fizika, kimyo, davlat huquq asoslari, geografiya fanlaridan – yozma;
chet tili fanidan yozma/og‘zaki shaklda o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, 2025-yilidan boshlab ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2024
O‘ttizdan ortiq oliygohda o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda — vazirlik
Yangiliklar lentasi
0