https://oz.sputniknews.uz/20241021/oliygoh-ozbek-til-adabiyot-kadrlar-46217107.html
O‘ttizdan ortiq oliygohda o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda — vazirlik
O‘ttizdan ortiq oliygohda o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda — vazirlik
Sputnik O‘zbekiston
Bu yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi nishonlanmoqda. 21.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-21T09:54+0500
2024-10-21T09:54+0500
2024-10-21T10:20+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbek tili
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1e/29593668_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_409322cfebeb928f1708a56a542eec24.jpg
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Respublikaning 30 tadan ortiq oliygohida o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida kadrlar tayyorlanmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tarigida ma’lum qilindi. Bugun 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni. Bu yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi nishonlanmoqda. Ma’lum qilinishicha, ona tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish borasidagi ishlarda vazirlik tizimidagi oliy va professional ta’lim muassasalarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, qirqdan ziyod fundamental kitoblar nashr etildi. Mamlakatda o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida jami 30 tadan ortiq oliygohda kadrlar tayyorlanmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida 7 ming nafardan ziyod fan nomzodlari va doktorlari, professor-o‘qituvchilar o‘zbek tili va adabiyotidan dars bermoqda. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘rgatish va malaka oshirish markazida vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari o‘zbek adabiy tili meyorlari va imlo qoidalari bo‘yicha muntazam o‘qitilmoqda. Aytilishicha, universitetda tashkil etilgan “O‘zbek maktabi”da esa yuzlab xorijliklar ona tili va milliy madaniyat asoslarini o‘rganmoqda. Bu borada keyingi yillarda o‘zbekcha-xitoycha, o‘zbekcha-inglizcha, o‘zbekcha-fransuzcha, o‘zbekcha-nemischa, o‘zbekcha-arabcha, o‘zbekcha-forscha lug‘at va so‘zlashgichlar nashr etilgan.Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzovaga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda 7 ta yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning soni jami 213 taga yetgan.
https://oz.sputniknews.uz/20240208/baa-ozbek-tili-orgatish-42390176.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1e/29593668_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_815ab2943eec4e81f742bfe2f6d4f1a4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, o‘zbek tili, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
jamiyat, o‘zbekiston, o‘zbek tili, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘ttizdan ortiq oliygohda o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda — vazirlik
09:54 21.10.2024 (yangilandi: 10:20 21.10.2024) Bu yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi nishonlanmoqda.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Respublikaning 30 tadan ortiq oliygohida o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida kadrlar tayyorlanmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tarigida
ma’lum qilindi. Bugun 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni. Bu yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi nishonlanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ona tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish borasidagi ishlarda vazirlik tizimidagi oliy va professional ta’lim muassasalarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, qirqdan ziyod fundamental kitoblar nashr etildi.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati;
Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi;
O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi;
Ma’naviyat: asosiy tushunchalar lug‘ati;
Pedagogika: ensiklopediya;
Adabiyotshunoslik lug‘ati;
Yuridik atamalar lug‘ati.
“Shular qatorida o‘zbek tilining elektron milliy korpusi va dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalarini yaratish, o‘zbek tilini Internet tarmog‘ida ommalashtirish va munosib o‘rin egallashini ta’minlash, davlat tilini o‘rgatishga hamda matn tahririga mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha ham ko‘lamli ishlar amalga oshirildi”, —deyiladi xabarda.
Mamlakatda o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida jami 30 tadan ortiq oliygohda kadrlar tayyorlanmoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida 7 ming nafardan ziyod fan nomzodlari va doktorlari, professor-o‘qituvchilar o‘zbek tili va adabiyotidan dars bermoqda.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘rgatish va malaka oshirish markazida vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari o‘zbek adabiy tili meyorlari va imlo qoidalari bo‘yicha muntazam o‘qitilmoqda.
Aytilishicha, universitetda tashkil etilgan “O‘zbek maktabi”da esa yuzlab xorijliklar ona tili va milliy madaniyat asoslarini o‘rganmoqda. Bu borada keyingi yillarda o‘zbekcha-xitoycha, o‘zbekcha-inglizcha, o‘zbekcha-fransuzcha, o‘zbekcha-nemischa, o‘zbekcha-arabcha, o‘zbekcha-forscha lug‘at va so‘zlashgichlar nashr etilgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzovaga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda 7 ta yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning soni jami 213 taga yetgan.