https://oz.sputniknews.uz/20250227/ozbekiston-nnt-xorij-grant-48150727.html
O‘zbekistondagi NNTlar xorijiy grantlarsiz ham qo‘llab-quvvatlanishi aytildi
O‘zbekistondagi NNTlar xorijiy grantlarsiz ham qo‘llab-quvvatlanishi aytildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari xorijiy grantlar yo‘qligi sababli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmaydi, dedi NNTlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori Otabek Xusanov ma’lum qildi.
2025-02-27T14:02+0500
2025-02-27T14:02+0500
2025-02-27T14:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
nnt
xorij davlatlar
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45303108_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_5d494167f8a78c7eb6240b3e043d3398.jpg.webp
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) xorijiy grantlar yo‘qligi sababli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Bu haqda Oliy Majlis huzuridagi NNTlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori Otabek Husanov mahalliy telekanallarning biriga ma’lum qildi. Husanov jamg‘arma NNT loyihalarini davom ettirish uchun barcha zarur imkoniyat va sharoitlarni yaratishga tayyorligini ta’kidladi. Shuningdek, jamg‘arma direktori barcha mahalliy NNTlarni jamg‘arma tomonidan e’lon qilingan davlat granti va davlat ijtimoiy buyurtmasini olish uchun o‘tkaziladigan tanlovlarda faol ishtirok etishga chaqirdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp o‘z lavozimiga kirishganch, 90 kunga deyarli barcha xorijiy yordam dasturlari, jumladan, Kiyevni moliyalashtirish darhol to‘xtatilgani e’lon qilingan edi. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ham Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250205/usaid-jinoiy-tarmoq-volodin-47857848.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45303108_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_07ae80af2e86d439bf55c10ce0a7c0c0.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari xorijiy grantlar oliy majlis huzuridagi nntlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori otabek xusanov
o‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari xorijiy grantlar oliy majlis huzuridagi nntlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori otabek xusanov
O‘zbekistondagi NNTlar xorijiy grantlarsiz ham qo‘llab-quvvatlanishi aytildi
Jamoat fondi: O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari xorijiy grantlar yo‘qligi sababli qiyinchiliklarga duch kelmaydi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) xorijiy grantlar yo‘qligi sababli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Bu haqda Oliy Majlis huzuridagi NNTlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori Otabek Husanov mahalliy telekanallarning biriga ma’lum qildi.
“Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, jumladan, xorijiy grantlar oluvchilar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmaydi”, — dedi Husanov.
Husanov jamg‘arma NNT loyihalarini davom ettirish uchun barcha zarur imkoniyat va sharoitlarni yaratishga tayyorligini ta’kidladi.
“Bundan tashqari, 2025-yilda xorijiy grantlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha loyihalar ishlab chiqishga ham tayyormiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Shuningdek, jamg‘arma direktori barcha mahalliy NNTlarni jamg‘arma tomonidan e’lon qilingan davlat granti va davlat ijtimoiy buyurtmasini olish uchun o‘tkaziladigan tanlovlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp o‘z lavozimiga kirishganch, 90 kunga deyarli barcha xorijiy yordam dasturlari, jumladan, Kiyevni moliyalashtirish darhol to‘xtatilgani e’lon qilingan edi. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ham Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma olgan.