USAID haqiqiy jinoiy tarmoqqa aylandi — Volodin

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPredsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Vacheslav Volodin na plenarnom zasedanii Gosudarstvennoy Dumi RF.
Predsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Vacheslav Volodin na plenarnom zasedanii Gosudarstvennoy Dumi RF. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2025
Obuna bo‘lish
Vacheslav Volodin: endi sodir etilgan jinoyatlarda aybdorlar jazolanishi va bunday holatlar boshqa takrorlanmasligi muhim
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin USAIDning yopilishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga munosbat bildirar ekan, agentlik haqiqiy jinoiy tarmoqqa aylangani va jinoyatlarda aybdorlar jazolanishi kerakligini aytdi.

“Agentlik haqiqiy jinoiy tarmoqqa aylandi, uning vakolatxonalari 100 tadan ortiq mamlakatda va yillik budjeti 50-60 milliard dollarni tashkil etadi. Bugun Agentlikning Vashingtondagi bosh qarorgohi yopiq. USAIDni tugatish masalasi turibdi. Endi sodir etilgan jinoyatlarda aybdorlar jazolanishi va bunday holatlar boshqa takrorlanmasligi muhim”, — deb yozdi Volodin o‘zining Telegram-kanalida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, nizomga ko‘ra, USAID iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, favqulodda gumanitar yordam ko‘rsatishi shart. Volodinning aytishicha, USAID insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda. Ulardan biri biologik qurollar bo‘yicha tadqiqotlarni moliyalashtirishdir.

“Biz AQSh va (sobiq prezident) shaxsan Bayden o‘g‘li bilan birgalikda uch yil avval dunyoda ommaviy qirg‘in qurollarini yaratish va tarqatish ortida turgani haqida gaplashgan edik. Buni Davlat dumasi tomonidan olib borilgan parlament tekshiruvi natijalari tasdiqladi”, — deb yozadi u.

Volodinning qo‘shimcha qilishicha, o‘sha paytda Ukrainada biolaboratoriyalar tarmog‘i aniqlangan. Bu mamlakat aholisi g‘ayriinsoniy qiynoqlarga va sinovlarga duchor bo‘lgan.
“Bayden (Vladimir) Zelenskiy bilan birgalikda Ukraina fuqarolarini sinov hayvonlariga aylantirdi. Hamma sir ertami-kechmi oshkor bo‘lishini va Baydenlar oilasi muqarrar ravishda jazoga tortilishini anglab, o‘g‘lini sirtdan kechirdi. Ammo butunlay aqldan ozgan sobiq AQSh prezidenti vijdoni qanchalar vayron bo‘lganini anglab yetmasa kerak, — dedi Volodin.
Bundan tashqari, Davlat dumasi raisi USAID ortida turgan boshqa jinoyatlarni sanab o‘tdi - bu terroristik tashkilotlarga homiylik qilish, dunyoda giyohvand moddalarni tarqatishda yordam berish, transgender o‘tishni propaganda qilish, abort va irqiy-gender kun tartibi mavzusini targ‘ib qilish.
“Bu borada fuqarolik faollari, saylov kuzatuvchilari va jurnalistlarni tayyorlashga qaratilgan loyiha va dasturlarni moliyalashtirish orqali dunyo mamlakatlarida davlat to‘ntarishlariga tayyorgarlik ko‘rish va uyushtirish. Ukraina, Gruziya, Moldova, Armaniston, Qirg‘iziston, Kuba, Nikaragua, Venesuela - bu "demokratiyani rivojlantirish"da bunday yordamdan jabr ko‘rgan mamlakatlarning to‘liq ro‘yxatidan yiroq. So‘nggi 10-yil ichida USAID shu maqsadda sobiq ittifoq respublikalariga 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi. Bu mablag‘ning 52 foizi Ukrainaga to‘g‘ri keldi”, — deya xulosa qildi Volodin.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Davlat kotibi Marko Rubioni USAID rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan, u o‘z navbatida Kongressni tashqi yordam ko‘rib chiqilishi haqida xabardor qilgan edi. 2-fevral kuni amerikalik tadbirkor Ilon Mask USAIDni “o‘lishi kerak bo‘lgan jinoiy tashkilot” deb atadi.
G‘arb OAVlari 28-yanvar kuni Tramp ma’muriyati AQSh boshqa davlatlarga yordam berishni to‘xtatganidan so‘ng 60 nafarga yaqin yuqori martabali USAID amaldorlarini ta’tilga chiqarganini xabar qildi.
Ilon Mask - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2025
USAID bioqurol tadqiqotlarini moliyalashtirgan — Mask
Yangiliklar lentasi
0