Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80-yilligi medali ta’sis etildi — u kimlarga beriladi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPamatnaya yubileynaya medal "Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80-yilligi"
Pamatnaya yubileynaya medal Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80-yilligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2025
Obuna bo‘lish
Esdalik yubiley medallar o‘z egalariga bir martalik pul mukofotlari bilan topshiriladi.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidentnining tegishli farmoni bilan “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80-yilligi” esdalik yubiley medali ta’sis etildi.
Hujjat 2025-yil 9-mayda Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80-yilligi nishonlanishi munosabati bilan imzolandi.
Unga ko‘ra, Vatan himoyasi yo‘lida mardonavor kurashgan buyuk ajdodlarimizga alohida e’tibor va chuqur ehtirom ko‘rsatish, g‘alabaga bebaho hissa qo‘shgan O‘zbekiston fuqarolari – 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini munosib ravishda izzat-ikrom bilan sharaflash maqsad qilingan.
“1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi sharafiga “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80-yilligi” esdalik yubiley medali ta’sis etilsin”, — deyilgan hujjat matnida.
Esdalik yubiley medali bilan quyidagilar mukofotlanadi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – “1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomasiga ega bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar;
Ikkinchi jahon urushi yillaridagi front orti mehnat faxriylari, shu jumladan, “1941-1945 yillar Ulug‘ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun”, “Mehnatdagi jasorati uchun”, “Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun” medallariga yoki 1941-1945 yillardagi urush davrida Qurolli kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash bo‘yicha shtat lavozimida bo‘lganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan mehnat fronti qatnashchilari.
Hujjatda tegishli organlarga ikki hafta muddatda esdalik yubiley medali bilan mukofotlanishi lozim bo‘lgan 1941-1945 yillardagi urush faxriylari va nogironlarining, mehnat fronti qatnashchilarining aniq ro‘yxatini tuzib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilgan.
Esdalik yubiley medallari va ularning guvohnomalari blanklari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tayyorlanadi.
Qayd etilishicha, ikki hafta muddatda esdalik yubiley medallari topshiriladi va bir martalik pul mukofotlari to‘lab beriladi.
O‘zbekiston urush qatnashchilarining har biriga 10 ming dollardan pul mukofoti beradi
Veteran. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2025
G‘alabaning 80-yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik boshlandi
Yangiliklar lentasi
0