G‘alabaning 80-yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik boshlandi

© RIA Novosti / Sergey PatakovVeteran. Arxivnoe foto
Veteran. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2025
Obuna bo‘lish
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyuti va mushakbozlik tashkil etiladi.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risidagi tegishli qarorni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, tadbirlar qatorida, shuningdek, yolg‘iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining yashash joylarini ta’mirlash ham o‘rin olgan.
Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi va uning oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar, front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda ularning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiladi.
“Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va uning oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslarning har biriga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularni parvarish qilish maqsadida tibbiyot mutaxassislarini belgilangan tartibda shartnoma asosida biriktirgan holda doimiy ravishda patronaj xizmatini yo‘lga qo‘ysin”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylariga ularning xohishlariga ko‘ra respublika hududidagi sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan bir martalik bepul yo‘llanmalar taqdim etiladi.
Qolaversa, “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2025-yil 9-may kuni soat 21.00 da Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyuti va mushakbozlik tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, Ikkinchi jahon urushiga o‘zbekistonliklarning 2 millionga yaqini safarbar etilib, shundan 538 ming nafardan ortig‘i jang maydonlarida qahramonlarcha halok bo‘lgan. 158 ming nafardan ortig‘i bedarak yo‘qolgan, mustaqillik yillarida 200 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari mamlakatning tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida o‘z jonini fido qilgan.
Veteran Velikoy Otechestvennoy voyni. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2025
O‘zbekiston urush qatnashchilarining har biriga 10 ming dollardan pul mukofoti beradi
Yangiliklar lentasi
0