Bolalikdan biznes: Samarqanddagi o‘quvchilar qanday qilib pul ishlab topishmoqda?

© Sputnik / Malika AbaydulinaKak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana
Kak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Biserdan aksessuarlar, yog‘ochdan yasalgan buyumlar, zamonaviy soch turmagi: Kattaqo‘rg‘ondagi maktablardan birida o‘quvchilar o‘z mehnatidan pul ishlab topishga qanday o‘rgatilmoqda?
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Maktablarda kasb-hunarga o‘rgatish tizimi joriy etilayotgan bir paytda Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11-ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari allaqachon pul ishlab topishmoqda, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘n birinchi sinf o‘quvchisi Ulug‘bek sinfdoshlari bilan maktabdan bo‘sh vaqtlarida sartaroshxonada ishlaydi, 15 yoshli Sitora tengdoshlari bilan buyurtma asosida tayyorlangan fartuklar tikish bilan shug‘ullanadi, 10-sinf o‘quvchilari esa yog‘ochdan uy-ro‘zg‘or buyumlari yasashmoqda.
© Sputnik / Malika AbaydulinaKak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana
Kak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2025
Kak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana
Masalan, qizlarning munchoqlardan to‘qigan ayollar sumkalari va galstuklari katta talabga ega.
© Sputnik / Malika AbaydulinaKak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana
Kak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2025
Kak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana
Maktab direktori Ozoda Salimovaning so‘zlariga ko‘ra, hatto shahar hokimligi ham galstuklarga qiziqib, 50 taga buyurtma bergan. O‘qituvchilar bolalarga hunarmandchilikni ham, tayyor mahsulotlar dizaynini ham o‘rgatishadi, buning natijasida barcha mahsulotlar maxsus rangli qadoqlarda sotiladi.
© Sputnik / Malika AbaydulinaKak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana
Kak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2025
Kak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana

“Bizning vazifamiz ularga nafaqat kasb mahoratini o‘rgatish, balki ular tanlagan kasb yaxshi daromad keltirishini ko‘rsatishdir. Misol uchun, har bir zamonaviy o‘smir ham duradgorlikka qiziqavermaydi. O‘qituvchimiz bolalarni yog‘ochga ishlov berishga qiziqtirishga muvaffaq bo‘ldi. Kasbiy ko‘nikmalarni o‘rgatish shunday tashkil etilganki, hech bir o‘quvchining ishi e’tibordan chetda qolmaydi. Texnologiya darslarida qizlar fartuklar tikishadi, o‘z navbatida o‘g‘il bolalar duradgorlik darslari uchun sotib olishadi. O‘quvchilari xamir yoyish uchun o‘qlov, o‘g‘il bolalar yasagan taxtalarni olishadi. Bularning barchasi sarf materiallari narxini hisobga olgan holda oz miqdorda sotiladi, — deydi direktor.

© Sputnik / Malika AbaydulinaKak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana
Kak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2025
Kak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana
Sartaroshlik yo‘nalishida o‘qiyotgan yigitlar ham bekor o‘tirishgani yo‘q. Nafaqat maktab o‘quvchilari, balki qo‘shni ta’lim muassasalaridan ham bu yerga 10-15 ming so‘mdan soch oldirishga oshiqishadi.
© Sputnik / Malika AbaydulinaKak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana
Kak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2025
Kak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana
O‘quvchilarning ota-onalari maktabdan minnatdor va farzandlari bilan faxrlanishadi, chunki ular ta’lim muassasasida nafaqat bilim, balki bebaho tajribaga ham ega bo‘lishadi.
© Sputnik / Malika AbaydulinaKak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana
Kak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2025
Kak zarabativayut shkolniki iz Kattakurgana

“O‘rta maktab o‘quvchilarimizdan birining onasi qizi uyiga birinchi ish haqi – 500 ming so‘mni olib kelganida yig‘lab yubordi. "Pul unchalik ko‘p emas, lekin bu baribir yoqimli", — deb ta’kidlaydi Salimova.

Maktabda ish qanday tashkil etilgani ham qiziq. Ta’lim muassasasida ikkita bir xil yo‘l bor - biri o‘qituvchilar uchun, biri o‘quvchilar uchun. Shunday qilib, o‘qituvchiga hurmat boshidanoq singdiriladi. Umuman olganda, ushbu maktab viloyatdagi eng namunali maktablardan biri hisoblanadi.
Shkolnik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2025
Endi o‘quvchilar tadbirkorlardan kasb-hunar o‘rganishi mumkin bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0