Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Saylov vaqti keldi”: Trampning Ukraina va Zelenskiy bo‘yicha asosiy bayonotlari

© AP Photo / Ben CurtisPrezident Donald Tramp
Prezident Donald Tramp  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2025
Obuna bo‘lish
Tramp Zelenskiy tufayli Ukraina parchalanib ketganini aytdi.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainada uzoq vaqtdan beri bo‘lmagan saylovlarni o‘tkazish vaqti kelganini aytdi.
Vladimir Zelenskiyning vakolat muddati o‘tgan yilning 20-mayida tugagan edi. Ukrainada 2024-yilgi prezidentlik saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab bekor qilindi. Zelenskiy hozir saylovlarning vaqti emasligini aytgan.

"Saylov vaqti keldi. Ularda anchadan beri saylov o‘tkazilmadi. Bilasizmi, biz saylov o‘tkaza olmaymiz, deyish juda yaxshi, ammo saylov vaqti keldi", — dedi AQSh yetakchisi jurnalistlarga.

Trampga ko‘ra, Zelenskiy Ukrainada saylov o‘tkazishdan bosh tortmoqda.

"U saylov o‘tkazishdan bosh tortmoqda. Ukrainadagi so‘rovlarda u past ko‘rsatkichda", — dedi Oq uy rahbari.

U, shuningdek, Zelenskiyni “saylovsiz diktator” deb atadi va uni foyda ko‘rish maqsadida Rossiya bilan ziddiyatni davom ettirish istagida ekanligini aytdi.

“Saylovsiz diktator, Zelenskiy shoshgani ma’qul, aks holda uning mamlakati qolmaydi”, - deya qayd etdi Tramp.

Tramp Zelenskiy dahshatli ish qilgani va u tufayli Ukraina parchalanib ketganini ham ta’kidladi.
"Zelenskiy dahshatli ish qildi. Uning mamlakati parchalanib ketgan va million va millionlab odamlar bekorga hayotdan ko‘z yumdi", — dedi u.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, “o‘rtamiyon hajvchi” Zelenskiy faqat “Bayden bilan o‘ynagani” uchun yaxshi bo‘lgan.
Tramp, shuningdek, AQShning Ukrainaga yordam berish uchun ajratgan barcha pullari qayerga ketganini aniqlash vaqti kelganini ham qo‘shimcha qildi.
Oq uy rahbarining boshqa bayonotlari:
Zelenskiy AQShni g‘alaba qozona olmaydigan urush uchun 350 milliard dollar sarflashga ko‘ndirgan;
Vashington Ukraina ehtiyojlari uchun Yevropadan 200 milliard dollar ko‘proq ajratdi, ammo buning evaziga hech narsa olmadi;
AQSh ishtirokisiz Zelenskiy hech qachon Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini olib bora olmaydi;
Bayden hatto Ukrainada kelishuvga erishishga urinmadi;
Yevropa tinchlikka erish masalasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi;
Oq uy mojaroga barham berish bo‘yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli olib bormoqda;
Kiyev AQSh bilan nodir yer metallari bo‘yicha kelishuvni barbod qildi.
AQSh prezidenti Ukraina mojarosi bir yil ichida hal bo‘ladi, deb hisoblaydi, agar AQShning avvalgi ma’muriyatining siyosati davom etsa, uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin. U "tinchlik" istashini alohida qayd etdi.
Shuningdek, Donald Tramp Vladimir Putin bilan yadrosizlanish mavzusida o‘tgan muvaffaqiyatli hamkorlik haqida gapirib, bu unga keyingi muvaffaqiyatlarga ishonish imkonini berishini qo‘shimcha qildi. Tramp yadroviy mojaroga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini, bu Xirosima va Nagasakidan “500 marta yomonroq” bo‘lishini aytdi.
Pravitelstvenniy chas v Gosdume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ar-Riyoddagi uchrashuvda Ukrainaga alohida e’tibor qaratildi — Lavrov
Yangiliklar lentasi
0