https://oz.sputniknews.uz/20250225/frantsiya-germaniya-yadro-qurol-48118374.html
Fransiya Germaniyada o‘z yadro qurolini joylashtirishi mumkin — OAV
Fransiya Germaniyada o‘z yadro qurolini joylashtirishi mumkin — OAV
Sputnik O‘zbekiston
Agar AQSh mintaqadan qo‘shinlarini olib chiqsa, Fransiya Germaniyada yadro quroliga ega qiruvchi samolyotlarini joylashtirishi mumkin, deb yozadi Britaniyaning Daily Telegraph gazetasi.
2025-02-25T19:00+0500
2025-02-25T19:00+0500
2025-02-25T19:00+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
fransiya
germaniya
aqsh
yadro quroli
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1d/33319147_0:175:3330:2048_1920x0_80_0_0_40c7996cba247e914ef28541cb716795.jpg
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Agar AQSh mintaqadan qo‘shinlarini olib chiqsa, Fransiya Germaniyada yadro quroliga ega qiruvchi samolyotlarini joylashtirishi mumkin, deb yozadi Britaniyaning "Daily Telegraph" gazetasi.Manbalarga ko‘ra, rasmiy so‘rov katta ehtimol bilan amerikaliklar o‘z yadroviy to‘xtatuvchi kuchlarini Germaniyadan olib chiqib ketsagina qilinadi.Ismini oshkor etmagan fransuz rasmiysi bunday harakat Rossiyaga signal berishini aytdi, Berlindagi diplomatlar esa Britaniyani Parijdan o‘rnak olishga majbur qilishini taklif qilishdi.Nashrning qayd etishicha, Fransiyaning yadroviy to‘xtatuvchi kuchlari NATOdan mustaqil. Britaniya yadro quroli esa alyansning mudofaa strategiyasida asosiy rol o‘ynaydi.Bundestag saylovlarida g‘alaba qozongan siyosiy blok yetakchisi Fridrix Mers Germaniya kansleri lavozimiga nomzod bo‘lar ekan, avvalroq ZDF nashriga bergan intervyusida Yevropa endi AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati himoyasiga tayanmasligi kerakligini aytgan edi. U Fransiya va Britaniya bilan yadroviy mudofaa bo‘yicha muzokaralar olib borishga chaqirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250224/amerika-dushman-neft-energiya-48107928.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1d/33319147_287:0:3018:2048_1920x0_80_0_0_4d94358769ea70658ec048039b6c52f1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh qo‘shin fransiya germaniya yadro quroli qiruvchi samolyotlar britaniyaning daily telegraph gazetasi
aqsh qo‘shin fransiya germaniya yadro quroli qiruvchi samolyotlar britaniyaning daily telegraph gazetasi
Fransiya Germaniyada o‘z yadro qurolini joylashtirishi mumkin — OAV
OAV: Fransiya Germaniyada yadro quroliga ega qiruvchi samolyotlarini joylashtirishi mumkin.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Agar AQSh mintaqadan qo‘shinlarini olib chiqsa, Fransiya Germaniyada yadro quroliga ega qiruvchi samolyotlarini joylashtirishi mumkin, deb yozadi Britaniyaning "Daily Telegraph" gazetasi.
“Fransiya Yevropani himoya qilish uchun yadro qalqonidan foydalanishga tayyor. <…> AQSh o‘z qo‘shinlarini qit’adan olib chiqib ketish tahdidi ostida Germaniyaga yadro quroliga ega qiruvchi samolyotlarini yuborishi mumkin”, — deyiladi maqolada.
Manbalarga ko‘ra, rasmiy so‘rov katta ehtimol bilan amerikaliklar o‘z yadroviy to‘xtatuvchi kuchlarini Germaniyadan olib chiqib ketsagina qilinadi.
Ismini oshkor etmagan fransuz rasmiysi bunday harakat Rossiyaga signal berishini aytdi, Berlindagi diplomatlar esa Britaniyani Parijdan o‘rnak olishga majbur qilishini taklif qilishdi.
Nashrning qayd etishicha, Fransiyaning yadroviy to‘xtatuvchi kuchlari NATOdan mustaqil. Britaniya yadro quroli esa alyansning mudofaa strategiyasida asosiy rol o‘ynaydi.
Bundestag saylovlarida g‘alaba qozongan siyosiy blok yetakchisi Fridrix Mers Germaniya kansleri lavozimiga nomzod bo‘lar ekan, avvalroq ZDF nashriga bergan intervyusida Yevropa endi AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati himoyasiga tayanmasligi kerakligini aytgan edi. U Fransiya va Britaniya bilan yadroviy mudofaa bo‘yicha muzokaralar olib borishga chaqirdi.