Zelenskiy NATO muqobilini yaratmoqchi
© AP Photo / Yves HermanPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy na sammite liderov stran NATO v Vilnyuse

© AP Photo / Yves Herman
Obuna bo‘lish
Vladimir Zelenskiy: agar Ukraina ittifoqqa qo‘shilmasa, biz mamlakat ichida NATOni yaratishga to‘g‘ri keladi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Ukraina Shimoliy Atlantika ittifoqiga qabul qilinmasa, o‘zining NATO muqobilini yaratishga majbur bo‘ladi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“Agar Ukraina ittifoqqa qo‘shilmasa, biz tajovuzni qaytarish uchun yetarli darajada kuchli armiyani saqlab qolish, uni moliyalashtirish, o‘z qurollarimizni yetarli miqdorda ishlab chiqarish va saqlash, shuningdek, Rossiyani yangi urush boshlashdan qaytarish uchun sheriklarimiz bilan ularning ishtiroki haqida muzokaralar olib borishni anglatuvchi mamlakat ichida NATOni yaratishimiz kerak bo‘ladi”, — deb yozadi Zelenskiy.
12 fevral kuni Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishi ochilishida Pentagon kotibi Pit Xegset AQSh Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi Rossiya bilan mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etishning real natijasi ekanligiga ishonmasligini aytgandi.